Jamiyat

Nazarboyev: Markaziy Osiyodagi muammolarni oʻzimiz hal qilamiz

© Flickr / Xadamoti matbuotPrezidentы Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran
Prezidentы Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari – Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvida Ostonada boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga joʻnab ketdi

"Bizning oʻz ichki muammolarimiz bor – iqtisodiyot, savdo, logistika va boshqa masalalar — bularning barchasini hal qilishimiz uchun imkoniyat boʻladi. Biz Markaziy Osiyo davlatlarining muammolarini yechish uchun uchinchi shaxslarni chaqirmaymiz. Biz muammolarimizni hal qilish, xalqlarimiz, munosabatlarimiz uchun sharoit yaratish maqsadida uchrashamiz, boshqa maqsadimiz yoʻq", — dedi Nazarboyev.

Eslatib oʻtamiz, bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari – Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Mazkur shaklda uchrashuv oʻtkazish tashabbuskori Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boʻlib, bu tashabbusni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qoʻllab-quvvatlashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala