Migrantlar himoya ostida: Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi

© Foto : Nataliya MelnikOtkritie gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge
Otkritie gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsulxonaning asosiy vazifasi Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida yashayotgan o‘zbekistonliklarga yordam berishdan iborat

TOShKENT, 15 mar — Sputnik, Nataliya Melnik. Sputnik muxbiri Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

An’anaga ko‘ra qizil tasma qirqilgach, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov mehmonlar va jurnalistlarni Rossiyaning shimoliy poytaxti markazida mohirona restavratsiya qilingan qadimiy bino ichiga taklif etdi. Bino bir paytlar davlat maslahatchilari, graf va savdogarlarga tegishli bo‘lgan. Bugundan boshlab u Sankt-Peterburgda o‘qiydigan va ishlaydigan barcha o‘zbekistonliklarning uyiga aylandi.

Yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan, konsul har ikki davlat — Rossiya va O‘zbekiston rahbariyati hayotning turli jabhalarida mustahkam hamkorlik qilishni maqsad qilganligini ta’kidladi. Aynan shu bois O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tantanali ravishda ochildi.

"Bizning asosiy maqsadimiz Rossiyaning butun Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida yashayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilishdir. Biz ularga barcha turdagi konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatamiz. Yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash, farzand tug‘ilganligini qayd etish, nikoh tuzish va boshqa turdagi barcha hujjatlar bo‘yicha. Firibgarlar qurboniga aylanganlarga bepul yordam ko‘rsatamiz", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda konsulxona shtati shakllantirilmoqda. Jamoada to‘rt nafar diplomat, hisobchi, 6-7 nafar xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlashi rejalashtirilgan.

© Foto, Nataliya MelnikOtkritie gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge
Otkritie gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge

Tantanali marosimning faxriy mehmoni, Rossiya TIVning Sankt-Peterburgdagi vakili Vladimir Zapevalov shaharda 35-bosh konsulxonaning ochilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega ekanligini bildirdi.

"Bu yerda yashayotgan aksariyat O‘zbekiston fuqarolari davlat miqyosida yordamga muhtoj. Peterburgda birgina o‘zbekistonlik talabalarning o‘zi 2,5 ming nafarni tashkil etadi. Ko‘pchilik bu yerga ishlagani keladi, oilasi bilan keladi. Albatta, odamlar o‘zlari mustaqil hal qila olmaydigan muammolarga duch kelishadi. Konsulxona ularning og‘ir damlarida eng asosiy yordamchisi bo‘lishiga umid qilaman", — dedi Zapevalov.

Leningrad viloyatining tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi Andrey Minin O‘zbekiston bosh konsulxonasining ish boshlashi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarining yanada rivojlanishiga, Sankt-Peterburgda O‘zbekiston savdo uyining ochilishi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Bu esa peterburgliklar dasturxonida shirin meva va sabzavotlar yanada ko‘payishini, Rossiyada mehnat qilishni istagan o‘zbekistonliklar uchun esa bu yerda ish o‘rinlari oshishini bildiradi.

Rasmiylarning bildirishicha, Bosh konsulxona ochilishiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgan. 2017-yil noyabrda Toshkent va Samarqandda gubernator Georgiy Poltavchenko boshchiligida Sankt-Peterburg madaniy-ishbilarmonlik missiyasi o‘tkazildi. Missiya doirasida Sankt-Peterburg va O‘zbekiston poytaxti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, qator rasmiy muzokara va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Kamilov: voyennogo resheniya situatsii v Afganistane net - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Rossiyada O‘zbekistonning to‘rtta yangi konsulxonasi ochildi

Samarqandda Mehnat migrantlarini ketish oldidan tayyorlash va Rossiya Federatsiyasiga jo‘natish markazi ochildi. Bu yerda Peterburgdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Ishlash istagida bo‘lganlar shu yerda dastlabki suhbat, tibbiy tekshiruv va rus tili bo‘yicha imtihondan o‘tishadi. Markaz xodimlari ularga kerakli hujjatlarni tayyorlashga va ish joyiga jo‘nab ketishiga yordam berishadi.

Madaniy-ishbilarmonlik missiyasi doirasida Sankt-Peterburg Georgiy Poltavchenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda o‘zbek qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Sankt-Peterburgga yetkazib berish, farmatsevtika va yengil sanoat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

2018 yil fevralda Toshkent shahri hokimi birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi. Xayriddinovning aytishicha, qishloq xo‘jaligi, turizm, savdo, iste’mol bozori, energetika, Sankt-Peterburg va Toshkentdagi savdo zonalarini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar Shimoliy poytaxtda O‘zbekiston bosh konsulxonasining tez fursatlarda ochilishiga turtki bo‘ldi.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4-A uyda joylashgan. Eng yaqin metro stansiyasi — "Texnologicheskiy institut".  +7-965-751-20-71 telefon raqami yoki +998909942747 orqali Telegram, WhatsApp, Viber, Imo messenjerlari yordamida qabulga yozilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0