Jamiyat

"Bu hali boshlanishi": Mirziyoyev va Nazarboyev nimalar haqida gaplashishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston prezidenti Oʻzbekiston rahbarini tashrifi bilan qutlab, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sogʻinganini taʼkidladi

TOSHKENT, 15 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 15 mart kuni Oqoʻrda qarorgohida uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qozogʻiston prezidenti Oʻzbekiston rahbarini tashrifi bilan qutlab, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sogʻinganini taʼkidladi.

Prezidentы Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nazarboyev: Markaziy Osiyodagi muammolarni oʻzimiz hal qilamiz

– Siz Oʻzbekistonda juda katta ishlarni amalga oshiryapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirgʻiziston prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va saʼy-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afgʻoniston masalasi boʻyicha oʻtkazilayotgan konferentsiya ham juda muhim, – dedi Nursulton Nazarboyev.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani va Qozogʻistonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

– Keyingi bir yarim yil ichida ikki doʻst, qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija – odamlarning kayfiyati, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala