Jamiyat

Mirziyoyev prezidentlarning navbatdagi uchrashuvini Toshkentda oʻtkazishni taklif qildi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na vstreche glav stran TSA v Kazaxstane
Shavkat Mirziyoyev na vstreche glav stran TSA v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu kun Markaziy Osiyo xalqlarining koʻp asrlik yaxshi qoʻshnichilik tarixida yangi sahifa ochilganini taʼkidladi

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Ostona shahrida 15 mart kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Mejlisi rahbari Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.

"Bunday uchrashuvni muntazam oʻtkazish va mintaqaviy muammolarimizni birgalikda hal etish Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi. Yigʻilishimiz hammamiz uchun umumiy boʻlgan Navroʻz bayrami arafasida oʻtayotgani ham chuqur maʼnoga ega. Albatta, alohida uchrashib turardik, muloqot qilardik, lekin bunday yaxlit uchrashuv anchadan beri boʻlmagan edi", — dedi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu kun Markaziy Osiyo xalqlarining koʻp asrlik yaxshi qoʻshnichilik tarixida yangi sahifa ochilganini taʼkidladi.

"Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorligi izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizning Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ziyod oʻsgan. Shu bilan birga, xalqlarimiz farovonligi yoʻlida foydalanishimiz mumkin boʻlgan koʻpdan-koʻp imkoniyatlar mavjud", — dedi Mirziyoyev.

Uchrashuvda oʻzaro ishonch va manfaatdorlik asosida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Bu hali boshlanishi": Mirziyoyev va Nazarboyev nimalar haqida gaplashishdi

Oʻzbekiston prezidenti 2017 yil sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan konstruktiv gʻoya va tashabbuslarni ilgari surgandi.

Bu tashabbuslar noyabrda Samarqandda oʻtgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada yaxlit dastur tarzida taqdim etildi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi shu tarzda tashkil topdi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini har yili Navroʻz bayrami arafasida oʻtkazishni, navbatdagi uchrashuvni kelgusi yili Toshkentda tashkil etishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala