Mirziyoyev prezidentlarning navbatdagi uchrashuvini Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na vstreche glav stran SA v Kazaxstane
Shavkat Mirziyoyev na vstreche glav stran SA v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu kun Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Ostona shahrida 15-mart kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Mejlisi rahbari Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.

"Bunday uchrashuvni muntazam o‘tkazish va mintaqaviy muammolarimizni birgalikda hal etish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi. Yig‘ilishimiz hammamiz uchun umumiy bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida o‘tayotgani ham chuqur ma’noga ega. Albatta, alohida uchrashib turardik, muloqot qilardik, lekin bunday yaxlit uchrashuv anchadan beri bo‘lmagan edi", — dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu kun Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi.

"O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorligi izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ziyod o‘sgan. Shu bilan birga, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida foydalanishimiz mumkin bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p imkoniyatlar mavjud", — dedi Mirziyoyev.

Uchrashuvda o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston
"Bu hali boshlanishi": Mirziyoyev va Nazarboyev nimalar haqida gaplashishdi

O‘zbekiston prezidenti 2017-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surgandi.

Bu tashabbuslar noyabrda Samarqandda o‘tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur tarzida taqdim etildi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi shu tarzda tashkil topdi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini har yili Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazishni, navbatdagi uchrashuvni kelgusi yili Toshkentda tashkil etishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0