Jamiyat

Toshkentda oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha anjumanga Qatar ham taklif etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran-uchastnits konferentsii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Tsentralnoy Azii
Flagi stran-uchastnits konferentsii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Tsentralnoy Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Qatar vakillarining yaqin vaqt ichida rasmiy javob qaytarishlari kutilmoqda

TOSHKENT, 15 mar – Sputnik. Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakillari Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha 26-27 mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferentsiyaga taklif etildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Predstavitel YES po voprosam bezopasnosti Federika Mogerini - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Afgʻoniston boʻyicha Toshkent anjumanida Yevrokomissiya vitse-prezidenti qatnashadi

"Taklifnoma shuningdek, afgʻon muammosi boʻyicha koʻplab, xususan, "Qobul jarayoni" va boshqa tashabbuslarning faol ishtirokchisi boʻlgan hamda "Tolibon" ishtirokida tinchlik jarayonini tashkil etishda muhim rol oʻynashi mumkin boʻlgan Qatar Tashqi ishlar vazirligiga ham yuborildi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

TIVning aniqlik kiritishicha, Qatarni anjumanga taklif etish tashabbusi Afgʻoniston tomonidan xalqaro anjuman oʻtkazish tashabbuskori boʻlgan Oʻzbekiston bilan hamkorlikda ilgari surilgan.

Qatar vakillarining yaqin vaqt ichida rasmiy javob qaytarishlari kutilmoqda.

"Tolibon" harakati vakolatxonasi AQSH, Afgʻoniston va Qatar hukumatlari qoʻllab-quvvatlovi ostida 2013 yilda Dohada ochilgan.

Oʻzbekiston TIVning maʼlumot berishicha, Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etish uchun YEI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilgan. AQSH davlat kotibining birinchi oʻrinbosari, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham anjumanda ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala