Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi darajali "Do‘stiq" ordeni bilan mukofotlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev nagrajden ordenom 1-stepeni "Dostik"
Shavkat Mirziyoyev nagrajden ordenom 1-stepeni Dostik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Qozog‘istonda O‘zbekiston yili rasman ochildi

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. "Ostona-opera" teatrida Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida  O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi darajali "Do‘stiq" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston
"Bu hali boshlanishi": Mirziyoyev va Nazarboyev nimalar haqida gaplashishdi

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev va butun O‘zbekiston xalqini tabrikladi.

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning birinchi darajali "Do‘stiq" ordeni bilan mukofotladi.

“Tarixan birligimiz, ma’nan yaqinligimiz bugungi zamonning murakkab masalalarini hamkorlikda hal qilish, yangi avlodlar kelajagini birgalikda barpo etishimizga yordam beradi. Biz mintaqamizda hamisha tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun umumiy uyimizni, farzandlarimizni kelishmovchilik va boshboshdoqlikdan asrashimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0