Jamiyat

Bobomurod Abdullayev ishi: jurnalist qiynoqqa solingani oʻz isbotini topmadi

© Flickr / Rae AllenBoginya pravosudiya Femida
Boginya pravosudiya Femida - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan sud majlisida advokat Mayorovning iltimosnomasi qanoatlantirilib, Bobomurod Abdullayevga u qiynoqqa solingan-solinmaganini aniqlash uchun sud tibbiy-ekspertizasi tayinlangan edi. Ekspertiza xulosalariga koʻra, jurnalist Abdullayev, MXX hibsxonasida qiynoqqa solingani tasdiqlanmadi

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida bugun, 15 mart kuni, Oʻzbekiston Konstitutsion tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorov ishi boʻyicha ikkinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Molotok sudi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bobomurod Abdullayev ishi: sud ayblanuvchining advokati - Mayorov iltimosnomasini qabul qildi
Eslatib oʻtamiz, 7 mart kuni boshlangan sud majlisida sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevning advokati Sergey Mayorov iltimosnomasi qanoatlantirilib, Abdullayev qiynoqqa solingan-solinmaganini aniqlashtirish uchun sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan edi.

Bugungi sud majlisi boshlanishida sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi oʻqib eshittirildi.

Ekspertiza xulosasi Bobomurod Abdullayevning MXX tergov-izolyatorida qiynoqqa solinganligini tasdiqlamadi.

Bundan tashqari, bugungi sud majlisida Davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi oʻqib eshittirildi.

Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorovlar Oʻzbekistonda davlat toʻntarishini sodir etishga urinish, davlat hokimiyati vakillari va ularning oilalari vakillarini obroʻsizlantirishga harakat qilish, qurolli davlat toʻntarishini targʻib qilish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar yozishda ayblanmoqda.

Bobomurod Abdullayev sud jarayoni davomida oʻqib eshittirilgan ayblovlarga javoban oʻz aybiga iqror emasligini maʼlum qildi.

Ravshan Salayev qisman iqrorligini aytdi.

Oʻzbekiston konstitutsion tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan sudlanuvchi — bloger va iqtisodchi Hayotxon Nasreddinov esa oʻz aybiga toʻliq iqror boʻldi.

Shavkat Olloyorov esa Bobomurod Abdullayev singari oʻz aybiga iqror emasligini maʼlum qildi.

Shundan soʻng Bobomurod Abdullayevning tergovi boshlandi.

Bobomurod Abdullayev oʻz tergov bayonoti davomida MXX tergovchilari uni Ichki ishlar vaziriga qarshi, Bosh prokurorga qarshi koʻrsatma berishga majbur etishganiga iqror boʻldi. Shuningdek, urib, qiynashganini aytdi.

Tafsilotlar davom etayotganida soat 18:00 boʻlganligi sababli soʻroq toʻxtatildi.

Keyingi sud majlisi 26 mart sanasiga belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala