Jamiyat

Bu hazil emas: Oʻzbekistonda 1 apreldan elektr energiya narxi koʻtariladi

© Sputnik / Marina Lыstseva / Fotobankka oʻtishLampы nakalivaniya
Lampы nakalivaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Eng kichik tarif boʻyicha toʻlovlarni balandligi 10 qavatdan yuqori boʻlgan uylarda istiqomat qiluvchi isteʼmolchilar toʻlaydilar.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 2018 yil 1 apreldan elektr energiya yangi narxlari tasdiqlandi, bu haqda "Oʻzbekenergo" AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

GES - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshlaydi

Xabarda aytilishicha, elektr energiyaning 1 kVt s narxi — 114 soʻmdan 241 soʻmgacha boʻladi. Yangi tariflar 14 mart kuni Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Eng kichik tarifi (114 soʻm 30 tiyin) elektr plitalar bilan jihozlangan, oʻn qavatdan yuqori boʻlgan koʻpxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar toʻlaydi.

Eng baland tarif (241 soʻm 50 tiyin) I va II tarif guruhlari isteʼmolchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv taʼminoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlaydi.

Maishiy isteʼmolchilar esa — 228 soʻm 60 tiyin toʻlaydilar.

Bu tariflar 1 kVt s energiya narxi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini inobatga olgan holda hisoblangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala