Iqtisod

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda taraqqiyot boshlovchisi boʻlishi mumkin - XVF

Aholisining soni koʻpligi, jugʻrofiy qulay joylashuvi tufayli Oʻzbekiston ming yillar davomida Markaziy Osiyoning iqtisodiy oʻzagi boʻlgan

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Qatʼiyat bilan islohotlar amalga oshirayotgan Oʻzbekiston hududning iqtisodiy “turtki beruvchi”siga aylanishi mumkin deyilgan Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta fondi missiyasining Oʻzbekiston boʻyicha yakuniy bayonnomasida.

“Oʻzbekiston mamlakat oldida turgan, zudlik bilan yechim talab qilayotgan muammolarni, avvalombor ish oʻrinlari yetishmovchiligi muammosini hal qilishga qatʼiyat bilan kirishdi”, — deyilgan  XVF hisobotining umumiy xulosasida.

Demografik faktor

Oxirgi 20 yil ichida Oʻzbekistonda aholi soni jadal oʻsib bormoqda. Ayni damda har yili ish qidirayotgan fuqarolar soni 500 ming kishiga oshib bormoqda.

Rabota ZAO Xlebkombinat Inskoy v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yarim yilda Oʻzbekistonda 84 ming ish oʻrinlari yaratildi
Prognozlarga koʻra, Oʻzbekistonda  yana bir necha oʻnlab yillar davomida mehnatga layoqatli aholi soni juda yuqori miqdorda saqlanib qoladi.

Ushbu demografik faktor Oʻzbekiston uchun noyob imkoniyat yaratadi — Respublika bir avlod umri davomida aholi daromadini “oʻrtadan yuqori” darajagacha koʻtarishi mumkin. 

Shu bilan bir vaqtda, ish oʻrinlari yaratish jarayoni paydo boʻlayotgan ishchi kuchi miqdoriga teng boʻlmasa – bu ommaviy migratsiya, ishsizlik va aholi noroziligi oshishiga olib keladi. Buni Oʻzbekiston rasmiy boshqaruv organlari yaxshi tushunishadi.

Iqtisodiy siyosat

Oldingi yillarda Oʻzbekistonda olib borilgan iqtisodiy siyosatda, iqtisodiy jarayonlarga davlat  aralashuvi, import oʻrnini bosish siyosati, valyuta almashuvini cheklashlar – odatiy hol edi. Shu bilan bir vaqtda hududiy hamkorlik va savdoga yetarli darajada eʼtibor berilmas edi.

Zaveduyuщaya sektorom Tsentra postsovetskix issledovaniy Instituta ekonomiki RAN Yelena Kuzmina - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy tomondan ham ochila boshladi - Kuzmina

Rasmiy statistika maʼlumotlari boʻyicha mamlakatda bunday siyosat goʻyoki samaralidek tuyulsada, millionlab mehnat migrantlarining chet ellarda ish izlashga majbur boʻlayotgani va yuqori inflyatsiya miqdori mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy vaziyat ogʻirligidan dalolat berardi.

2014 yilda yuz bergan tashqi noxush iqtisodiy holatlar oqibatida valyuta kursining keskin oshib ketishi, iqtisod negizida katta kamchiliklar borligini namoyish qildi.

Islohotlar boshlandi

Oʻzbekiston hukumati iqtisodiy islohotlarni valyuta bozorini erkinlashtirishdan boshladi. 2017 yilning sentyabr oyidan valyuta almashtirishdagi cheklovlar olib tashlandi.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Valyuta islohoti Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuksalishiga olib keladi - XVF

Undan soʻng narxlarni erkinlashtirish, davlat organlarini isloh qilish hamda Markaziy bankka koʻproq erkinlik berish kabi islohotlar amalga oshirildi.

Mana shunday islohotlarni faol amalga oshirayotgan Oʻzbekiston hududda oʻzgarish va gullab-yashnashning boshlovchi mamlakati boʻlishi mumkin edi. Aholi soni, jugʻrofiy joylashuvi tufayli Oʻzbekiston butun tarix davomida Markaziy Osiyoning iqtisodiy oʻzagi boʻlgan.

Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar barqaror boʻlsa, bu hududda oʻzaro savdo, yetkazib berish zanjiri, energetika va transport tarmoqlari tiklanishi hamda suv resurslaridan foydalanish borasidagi azaliy tortishuvlarga barham berishga imkon tugʻdirar edi.

Yaqin kelajak

Oʻzbekistonda 2018-2019 yillarda YAIMning 5% miqdorida barqaror iqtisodiy oʻsish kutilmoqda. Bunga ijobiy  tashqi talabning saqlanib qolishi, xom-ashyo mahsulotlari narxi oʻsishi, qishloq xoʻjalik mahsulotlari hajmi oshishi hamda faol olib borilayotgan quruvchilik sabab boʻladi. Lekin bularga qaramasdan, mamlakat ichida ish oʻrinlari yaratish miqdori 1%dan kam miqdorda saqlanib qoladi. Ish oʻrinlari asosan oilaviy va boshqa kichik korxonalar hisobidan amalga oshiriladi. Chet ellarda ishlayotgan mehnat migrantlari soni oshishi ehtimoli saqlanib qoladi.

Jaksыlыk Sabitov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Sabitov Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish qancha davom etishi haqida

Tashqi savdo sohasida eksport hajmi oshib boradi va u kutilganidan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Bundan tashqari mamlakatda olib borilayotgan faol qurilish hamda chegaradosh mamlakatlar bilan savdoning faollashuvi tufayli import hajmi ham oshib boradi.

Bu borada XVF importni cheklovchi maʼmuriy choralar qoʻllamaslikni tavsiya etadi, chunki import ham raqobat kuchayishi hisobidan narxlar tushishi va umumiy iqtisodiy oʻsishga xizmat qiladi.

Inflyatsiya miqdori ham yuqori boʻlishi kutilmoqda, lekin bu iqtisodni erkinlashtirishning dastlabki bosqichlari uchun odatiy holat. Inflyatsiyaga valyuta bozori va boshqa sohalardagi narxlar erkinlashtiruvi sabab boʻladi.

Moliya-kredit siyosati  

Oʻtgan yilning boshida Markaziy bank moliya-kredit siyosatini yumshatgan edi, lekin keyinchalik valyuta bozorini erkinlashtirish oldidan qayta moliyalash stavkasini 9 %dan 14%gacha koʻtardi. Kelajakda inflyatsiya miqdorini imkon qadar past darajada ushlab turish maqsadida MB qayta moliyalash stavkasini yuqori darjada saqlab turishi kerak.

Oʻzbekiston Markaziy banki - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 14 % gacha koʻtardi

Oʻzbekiston kredit bozori turli segmentlarga boʻlingan. Davlat korxonalari kredit olishda katta imtiyozlarga ega. Xususan, ular davlat banklari orqali foizi past boʻlgan imtiyozli valyuta kreditlari yoki Oʻzbekiston Tiklanish  va taraqqiyot jamgʻarmasi (TTJ) orqali xorijiy banklar kreditlarini olishlari mumkin. Odatda bunday kreditlar banklar uchun juda kam foyda keltiriadi.

Xususiy sektordagi korxonalar esa, asosan soʻmda kredit olishadi. Ushbu kreditlar miqdori juda kam, foiz toʻlovlari esa – juda qimmat.

Ushbu tizimni oʻzgartirish yoʻlida birinchi qadam, bu — Oʻzbekiston Tiklanish  va taraqqiyot jamgʻarmasi orqali berilayotgan kreditlarning boshqa banklar orqali qayta moliyalashga cheklov qoʻyish boʻlishi kerak. Ikkinchidan, TTJ  mablagʻlarini milliy valyuta koʻrinishida mahalliy banklarga tarqatilsa, kreditlar qiymati oydinlashar hamda valyuta koʻrinishida olingan kreditlar soni kamayar edi. Bu oʻz navbatida moliya-kredit siyosatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan boʻlar edi.

Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Davlat byudjeti daromadi: qayerdan kelib qayerga ketmoqda

Iqtisodiy oʻsish va yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida banklar yetarli miqdorda mablagʻga ega boʻlishlari kerak. Buning uchun banklar aholi mablagʻlarini yoki xorijiy kapitalni jalb qilishi  kerak boʻladi. Balkim xorijiy banklarni Oʻzbkistonda ishlashga jalb qilish kerak boʻlar.

Byudjet siyosati  

Oʻtgan yilda byudjetdan tashqari operatsiyalar soni koʻp boʻldi. Ikkinchidan ularning miqyosi va xarakteri haqida maʼlumot juda kam edi. Bu oʻz navbatida, byudjet operatsiyalarining toʻliq miqdori va soliq-byudjet siyosatini baholashda qiyinchiliklar tugʻdirdi. Barcha byudjet operatsiyalari shaffof  boʻlishi kerak. Rasmiy boshqaruv organlari ushbu yoʻnalishda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. 2019 yildan boshlab barcha operatsiyalar tasdiqlangan byudjet doirasida boʻlsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Soliq tizimi

Ish oʻrinlari yaratishda soliq islohotlari majmuasi muhim oʻrin tutadi. Lekin ushbu islohotlar daromad miqdoriga nisbatan betaraf nuqtai nazarda boʻlishi hamda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Nalogi. Raschetы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 1 iyulga qadar butunlay yangi Soliq kodeksi ishlab chiqiladi

Oʻzbekistonda bugun amal qilayotgan soliq tizimi juda murakkab va koʻplab imtiyozlardan iborat. Undan tashqari korxonalar turli kategoriyalarga boʻlingan boʻlib, ularga nisbatan, ishchilar soniga qarab, oddiy yoki soddalashtirilgan soliq tizimi qoʻllaniladi. Bunday boʻlinish, yangi ish oʻrinlari yaratishga juda salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Xususan, bir tomondan xodimlar soni koʻp boʻlgan katta korxonalar juda katta soliq bosimi ostida qolgan. Ikkinchi tomondan esa – soddalashtirilgan soliq tizimida ishlayotgan kichik korxonalar esa, oddiy soliq tizimiga oʻtishdan qochish uchun, bir necha kichik korxonalarga boʻlinishga yoki ishchilar sonini majburan qisqartirishga harakat qilishmoqda. Buning oqibatida, yangi ish oʻrinlari juda kam yaratilmoqda. Hozircha ular faqat kichik biznes sohasida yoki oilaviy korxonalarda yaratilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti qarorlariga binoan, umumrespublika miqyosida soliq islohoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Lekin ushbu islohotlar bosqichma-bosqich va soliq organlari salohiyatini oshirish hamda soliq toʻlovchilarni yangi talabchan soliq tizimiga oʻrgatish bilan yonma-yon olib borilishi kerak.

Rabota xlebozavoda Yemanjelinskxleb v Chelyabinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oziq-ovqat importi sohasida teng raqobat oʻrnatiladi

Ayni damda yigʻib olinayotgan soliqning aksariyati davlat korxonalari tomonidan toʻlanmoqda. Ushbu korxonalar koʻplab soliq imtiyozlariga ham ega, lekin iqtisod erkinlashuvi bilan imtiyozlar soni kamayib, soliq toʻlovchilar qamrovi esa kengayib boradi. Soliq tizimi bunga tayyor boʻlishi kerak.

Muhim oʻzgarishlar

  • Narxlarni erkinlashtirish: xom-ashyo birjalari faoliyati isloh qilinganidan keyin ham, asosiy tovarlar narxlari davlat  tomonidan nazorat qilinmoqda;  
  • Savdo-sotiqni erkinlashtirish: bu sohada bojxona tariflarini yanada soddalashtirish hamda Umumjahon Savdo tashkilotiga kirishga tayyorgarlik koʻrish kerak;
Konferentsiya v MEjdunarodnom Press-klube: Liberalizatsiya ekonomiki... - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Statistika qoʻmitasi yanada ishonchli maʼlumotlar bera boshlaydi
  • Raqobatni rivojlantirish kerak: Davlat korxonalari koʻp boʻlgan iqtisodda biznesni monopoliya usulida olib borish tez-tez uchrab turadi. Oʻzbekiston Davlat raqobatga qarshi kurash qoʻmitasining, bunday holatlarga qarshi kurashish uchun, hozircha samarali choralari yoʻq. Raqobatni rivojlantirish – ichki narxlar tushishi, inflyatsiya kamayishi va milliy valyuta kursining mustahkamlanishiga olib keladi.  
  • Statistika

    Oʻzbekiston rasmiy organlari statistik maʼlumotlarni takomillashtirishda yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Oʻtgan yili respublika XVFning Maʼlumotlar umumiy tarqatish tizimiga aʼzo boʻldi. 2018 yilning 1 mayidan boshlab Oʻzbekiston asosiy iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistik maʼlumotlarini rasmiy sahifada eʼlon qilib boradi.

    Yangiliklar lentasi
    0
    Avval yangilariAvval eskilari
    loader
    LIVE
    Zagolovok otkrыvayemogo materiala