Dunyoda

Nazarbayev meva-sabzavotlarni qoʻshnilardan sotib olishga daʼvat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida asosiy mavzulardan biri oʻzaro savdo-sotiqni rivojlantirish boʻldi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev respublikaga meva-sabzavotlarni Markaziy Osiyo mamlakatlaridan import qilishga daʼvat qildi.

Qozogʻiston prezidenti aytishiga qaraganda respublikalar yaqin qoʻshnilarda bor mahsulotlarni allaqayerlardan olib kelishmoqda.

“Statistik  maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻiston oʻzida bor mahsulotlarni allaqayerlardan olib keladi. Tojikiston esa GES qurilishi uchun kerakli metallni Yevropadan sotib olmoqda. Bizning Karagandadagi metallurgiya kombinati ham oʻsha armaturadan istaganicha ishlab chiqarishi mumkinku”, — dedi Nazarbayev.

Uchrashuv davomida davlat rahbarlari oʻzaro eksport-import operatsiyalarini batafsil muhokama qilishdi.

Reka Sыrdarya v rayone goroda Leninabada - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Markaziy Osiyo davlatlari suv muammosini siyosiy savdolashuvlarsiz hal etadi

“Meva-sabzavotlar allaqachon pishib yetishgan Oʻzbekiston va Tojikistonda usha anorlar ham bor. Lekin, buni qarang-ki, biz qulupnayni Isroildan olib kelayapmiz. Ushbu savdodan manfaatdor boʻlgan amaldorlarni fikrini oʻzgartirish — bu oddiy masala emas. Ularning chet mamlakatlarda doʻstlari bor. Ular oʻsha yoqdan mahsulot olib kelishdan manfaatdor”, — dedi Qozogʻiston prezidenti.

Bugun Ostonada, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan, Markaziy  Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu davra uchrashuvi 2019 yilda Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala