Dunyoda

Yoqutistonda oltin yomgʻiri: samolyot juda qimmatbaho yukni yoʻqotib qoʻydi

© Foto : telegram-kanal "Sledkom"Vzletno-posadochnaya polosa aeroporta "Yakutsk" s rassыpannыm gruzom iz samolyota An-12
Vzletno-posadochnaya polosa aeroporta Yakutsk s rassыpannыm gruzom iz samolyota An-12 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yuk samolyoti qimmatbaho yukni yoʻqotib qoʻydi: mahalliy OAVlar maʼlumotlariga koʻra, samolyot yuk lyukidan 9 tonnaga yaqin oltin yombilar tushib ketdi

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Yakutsk aeroportidan parvozni boshida samolyot yuk lyukidagi qopqogʻini yoʻqotib qoʻyadi.

Otkrыtiye gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Migrantlar himoya ostida: Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi ochildi

Transport prokuraturasi samolyot bilan sodir boʻlgan bu voqea joyiga yetib borishdi.

"Voqea joyiga Yoqutiston transport prokurorlari chiqib ketishdi", — deb xabar qildi RIA Novosti Sharqiy — Sibir transport prokuraturasi vakiliga tayangan holda.

Payshanba kuni aynan parvoz boshlanganda kuchli havo oqimi tufayli «Nimbus» aviakompaniyasiga tegishli AN-12 yuk samolyotining chap tomon lyukidagi qopqoq otilib, bortdagi oltinlar toʻkilib ketgan. Ekipaj samolyotni ortga qaytarishga qaror qiladi.

Lyuk qopqogʻi otilganda "juda qimmatbaho yuk" yoʻqotilgan. Hozirda aeroport politsiyasi barcha atrofida boʻlgan odamlar, shu jumladan haydovchilarni tekshiruvdan oʻtkazmoqda.

Rasmiy OAVlarning maʼlumotlariga koʻra, "Nimbus" aviakompaniyasiga qarashli boʻlgan Krasnoyarsk — "Kupol" koni yoʻnalishida parvozni amalga oshirishi kerak boʻlgan samolyotga 9 tonnaga yaqin oltin yombilar ortilgan.

Internetda samolyotdan yoʻlga nomaʼlum metalldan yasalgan quymalar sochilib yotgan foto suratlar paydo boʻlmoqda.

Yangiliklar lentasi
0