Jamiyat

IIV: polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqida xabar notoʻgʻri tarqatilgan

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq ayrim xorijiy OAVda Abdukarim Shodiyev hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Baʼzi ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshligʻi polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqidagi xabar notoʻgʻri tarqatilgani aniqlandi, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"Polkovnik Abdukarim Abduraxmonovich Shodiyev 2017 yilning avgust oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi fakultet boshligʻi lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda", deyiladi IIV saytida berilgan rasmiy maʼlumotda.

Avvalroq ayrim xorijiy OAVda Abdukarim Shodiyev hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil fevral oyi oxirlarida Oʻzbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Bahrombek Odilov tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala