Farg‘ona davlat universitetiga rektor tayinlandi

Obuna bo‘lish
Farg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston prezidentining 1991-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq Farg‘ona pedagogika instituti negizida tashkil etilgan

TOShKENT, 16 mar – Sputnik. Ravshanjon Hasanovich Maqsudov Farg‘ona davlat universitetining rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi kanalida xabar berildi.

Farg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston prezidentining 1991-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq Farg‘ona davlat pedagogika instituti negizida tashkil etilgan.

Farg‘ona davlat pedagogika instituti 1930-yilda tashkil topgan bo‘lib, dastlab Farg‘ona oliy pedagogika instituti deb atalgan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda universitetda 9 fakultet mavjud bo‘lib, 2018-2019 o‘quv yilidan yangi – zootexniya fakulteti tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0