Jamiyat

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga moddiy yordam beriladi

© Flickr / Patrick BarryUzbekskiye denejnыe znaki - sum
Uzbekskiye denejnыe znaki - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni turar-joy bilan taʼminlashda boshlangʻich toʻlovlar qaytarilmaslik sharti bilan toʻlab berilishi mumkin

TOSHKENT, 16 mar – Sputnik. Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar qilinishicha, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllanadi:

V Buxare sdanы v ekspluatatsiyu novыe tipovыe doma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buxoroda ijtimoiy muhtojlarga uylar topshirildi

har yili 300 mlrd. soʻmgacha boʻlgan miqdorda ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamoat fondining mablagʻlari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq:

xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatishga;

xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda;

mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda koʻmaklashishga;

xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishga;

onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: Ayollarimizning baxti xalqimiz, jamiyatimiz baxtidir

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy negizlari va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli ishlar olib borilishiga koʻmaklashishga;

ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar-joy bilan taʼminlashda boshlangʻich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan toʻlab berishga;

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va "Oila" markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga;

Ijro etuvchi direktsiyani saqlashga ishlatilishi mumkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala