Jamiyat

"Chiroyli" avtoraqamlar Oʻzbekiston gʻaznasiga qancha daromad keltirgani maʼlum boʻldi

© Novosti Uzbekistana"Krasivыe" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivыe nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan hafta davomida birja orqali 28 tasi jismoniy shaxslarga, 5 tasi yuridik shaxslarga sotildi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. 2018 yil 5 martdan 11 martigacha boʻlgan davr mobaynida birjaning onlayn auktsionlari orqali 33 ta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bu haqda Oʻzbekiston tovar xomashyo birjasi maxsus axborot portali xabar qildi.

Evakuatsiya avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIBB notoʻgʻri parkovkaga qarshi kurash uchun maxsus avtomajmualarni xarid qilishi mumkin

Xabarda aytilishicha, chiroyli raqamlardan 28 tasi jismoniy shaxslarga, 5 tasi yuridik shaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 409 million soʻmni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 64% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 21% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 15% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar boʻyicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 33%ga yetdi. Keyingi oʻrinni Fargʻona viloyati — 18%, uchinchi oʻrinda esa Andijon va Samarqand viloyati xaridorlari 15% ulush bilan egalladi. Qolgan viloyatlarning umumiy ulushlari 19%ni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala