Hodisalar

DXX Qirgʻiziston bilan chegarada 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlarni aniqladi

© INDRANIL MUKHERJEE / AFPZolotыe ukrasheniya
Zolotыe ukrasheniya - Sputnik Oʻzbekiston
Namangan viloyatida Qirgʻiziston bilan chegarasida oʻtkazilgan maxsus tadbir davomida 8,83 kilogramm ogʻirlikda boʻlgan tilla taqinchoqlar aniqlandi

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Qirgʻiziston bilan chegara oldida 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlar kontrabandasini toʻxtatib qolishdi, deb xabar qildi DXX axborot markazi.

Dollarы SSHA izʼyatыe pravooxranitelnыmi organami - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda 500 ming dollardan ortiq mablagʻ kontrabandasi oldi olindi

Axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Namangan viloyatida Qirgʻiziston chegarasi oldida oʻtkazilgan maxsus tadbir davomida ogʻirligi 8,83 kilogramm ogʻirligidagi tilla taqinchoqlar aniqlandi.

"Ekspert xulosasiga koʻra, xorijda ishlab chiqarilgan tilla buyumlari tilla bozorida katta talabga ega. Respublikaga olib kirilgan buyumlarning oʻrtacha bozor qiymati 1,7 million soʻmni (210 ming dollarga yaqin) tashkil qiladi", — deyilgan xabarda.

Ushbu jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval respublika huquq tartibot organlari va OAVlari bir necha bor Qirgʻiziston chegarasida kontrabanda holatlari toʻgʻrisida xabar berishgandi. Xususan, yanvar oyida Fargʻona viloyatida yashovchi shaxs 5 kilogramm ogʻirlikdagi oltin quyma boʻlaklarini (1,6 milliard soʻm — 195 ming dollar) olib oʻtishda gumonlanuvchi tariqasida qoʻlga olingan.

Oʻzbekistonda qabul qilingan tovarlarni olib kirish va olib chiqishning belgilangan meʼyorlarga muvofiq, jismoniy shaxslarga besh donagacha zargarlik buyumlari (qimmatbaho metallarning umumiy ogʻirligi 30 grammdan ortiq boʻlmagan) aktsiz soligʻini toʻlamasdan olib oʻtishga ruxsat beriladi. Bu buyumlarni bojxona deklaratsiyasida koʻrsatib oʻtgan holda olib oʻtiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala