Jamiyat

Havoda uchadigan gazli sharlardan ehtiyot boʻling - Toshkent IIBB

CC0 / Pixabay / Vozdushnыe sharы
Vozdushnыe sharы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent IIBB havoda uchadigan gazli sharlar xavfi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkent IIBB matbuot xizmati noqonuniy sotilayotgan gaz aralashmasi bilan toʻldirilgan havo sharlarini xarid qilmaslik haqida ogohlantirish berdi.

"Gaz aralashmasi bilan toʻldirilgan havo sharlari juda xavflidir. Yonuvchi gazli sharlarning chaqnashi uchun birgina choʻgʻning oʻzi yetarlidir. Natijada, insonlar jiddiy tan jarohati olib, bayram fojeaga aylanishi mumkin. Shu munosabat bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi barchadan hushyorlikni yoʻqotmaslikni, noqonuniy sotilayotgan gaz aralashmasi bilan toʻldirilgan uchuvchi havo sharlarini xarid qilmaslikni soʻradi", — deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala