Turizm

Oʻzbekistonda yanvar-fevral oylarida sayyohlar oqimi 65 foizga koʻpaydi

Joriy yil yakuniga qadar sayyohlar sonini 4 millionga yetkazish mumkin

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda sayyohlar oqimi ortib bormoqda. Jumladan, shu yil yanvar-fevral oylarida respublikaga sayyohlar oqimi 65 foizga koʻpaydi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shoxrux Shoraxmetov maʼlum qildi.

"Hozirda sayyohlar oqimi yiliga 30 foizga koʻpaymoqda. 2017 yilda respublikaga 3 million sayyohlar tashrif buyurdi, bu 2016 yilga nisbatan 30 foizga koʻp, ulardan 2 milliondan ortiq sayyohlar qoʻshni davlatlardan, 120 ming esa Rossiya fuqarolaridir. Bu oʻsish surati saqlanib qolinsa, shu yilda sayyohlar sonini 4 millionga yetkazish mumkin. Yanvar-fevral oylarining oʻzida sayyohlar oqimi 65 foizga koʻpaydi", — dedi Shoraxmetov Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasida boʻlib oʻtkazilgan sayyohlik sohasining taqdimot tadbirida.

Uning soʻzlariga koʻra, sayyohlar Oʻzbekistonda oʻrtacha 3 kun oʻtkazishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala