Britaniya O‘zbekiston harbiylarini o‘qitishda yordam ko‘rsatadi

© Ministerstvo OboroniVstrecha ministra oboroni s poslom Velikobritanii
Vstrecha ministra oboroni s poslom Velikobritanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya O‘zbekiston harbiy xizmatchiarini o‘zining eng nufuzli harbiy oliygohlarida o‘qishi uchun yordam ko‘rsatishiga tayyor ekanini ma’lum qildi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Voyennoslujashiy uzbekskix VS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy harbiy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari orasida hamkorlik aloqalari rivojlanib orayotgani qayd etildi hamda o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Imzolangan hujjat harbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash, ingliz tilini o‘rganish, o‘zaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘zbekistonlik kuzatuvchilarning Britaniyada o‘tkazilayotgan harbiy o‘quv-mshg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kabi masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishni nazarda tutgan.

Kristofer Allan O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasi va boshqa Britaniyadagi nufuzli harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olishida Britaniya tomoni hamkorlik ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Undan tashqari, Britaniya elchisi Afg‘onistonda joylashgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlariga yuklarni tranzit bilan olib o‘tilishi masalalarida yaqindan ko‘mak berilayotgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston razvedkachilarining Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan “Cambrian patrol” tanlovida muvaffaqiyatli ishtiroki ham qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 10-17 oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida O‘zbekiston razvedkachilari ikkinchi o‘rinni egallashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0