Kelasi hafta Human Rights Watch delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi

© SputnikHuman Rights Watch
Human Rights Watch - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Human Rights Watch — dunyoning 70ta mamlakatida inson huquqlari buzilishini monitoring, taftish va qayd qilib boruvchi xalqaro nodavlat tashkilot.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Kelayotgan haftada Human Rights Watch — xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilot delegatsiyasi vakillari O‘zbekstonga keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Inson huquqlarini himoya qilish Milliy markazi direktori, Oliy Majlis deputati Akmal Saidov O‘zbekiston barcha xalqaro tashkilotlar bilan, jumladan huquqni himoya qilish sohasida ham, konstruktiv suhbat qurishga tayyor ekanini xabar qildi.

“Human Rights Watch vakolatxonasi O‘zbekistonda 2011-yilda Oliy sud qarori bilan yopilgan edi. Shunga qaramasdan, bizning Hukumat muloqotga ochiqligi tufayli, o‘tgan yili ushbu tashkilot vakillari O‘zbekistonga kelishdi. Men ular bilan uchrashgan edim. Kelayotgan haftada, 21-mart kuni ushbu delegatsiya yana bir bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi”, — dedi Saidov.

Suhbatdosh aytishiga qaraganda Human Rights Watch O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini qayta ochishni rejalashtirgan.

Press-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka” - Sputnik O‘zbekiston
HRW: O‘zbekiston inson huquqlari borasida yangi sahifa ochdi

“Ushbu tashkilot o‘z vakolatxonasini qaytadan ochishni rejalashtirgan. Lekin bu yerda ayrim huquqiy qarama-qarshiliklar bor. Ayni damda ushbu muammo ustida Adliya vazirligi ishlamoqda. Lekin bu bizning konstruktiv suhbatimizga aslo zid emas va ushbu delegatsiya vakillari uchun viza olish, ularning har qanday hududda har qanday tashkilot yoki fuqaro bilan bilan uchrashuvini tashkil qilishda muammo tug‘dirmaydi”, — dedi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Human Rights Watch tashkiloti vakolatxonasi dastlab 1996-yilda ochilgan edi. 2011-yilda esa, Oliy sud qaroriga asosan, uning faoliyati to‘xtatilgan edi.

Human Rights Watch — shtab-kvartirasi AQShda joylashgan nodavlat tashkilot bo‘lib, u dunyoning 70ta mamlakatida inson huquqlari buzilishini monitoring, taftish va qayd qilib boradi.

Yangiliklar lentasi
0