O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovida 2,5 ming kishi ovoz berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOchered na izbiratelniy uchastok v Tashkente
Ochered na izbiratelniy uchastok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda saylovda ishtirok etish faol kechmoqda, soat 12:00 da 2,5 mingdan ortiq saylovchilar ovoz berishga ulgurishgan
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da 2,5 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari ovoz berishga ulgurishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Vibori prezidenta RF 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada prezident saylovida ovoz berish boshlandi

"Ovoz berish belgilangan vaqtda, ertalab soat 8 da boshlandi va o‘tgan vaqt davomida juda faol kechdi. Ayni damda 2,5 mingdan ortiq saylovchilar ovoz berishga ulgurishgan. Ularning uchdan bir qismi Olmaliq, Guliston, Samarqand va Navoiy shaharlarida bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etganlar", — dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev.

Elchi aytishiga qaraganda, 2016-yilda bo‘lib o‘tgan Davlat Dumasi saylovlariga qaraganda, bugungi saylovlarda ishtirok etgayotganlar soni bir necha barobar ko‘p. Shuningdek, bu safargi saylovda, 2012-yilda bo‘lib o‘tgan prezident sayloviga nisbatan, odam ko‘proq kelishi kutilmoqda.

"Biz O‘zbekiston rahbariyati, hukumati, TIV va boshqa tizimlaridan minnatdormiz. Ular bizni boshqa shaharlarda va muddatidan oldin saylov o‘tkazishda to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlashdi. Biz murojaat qilgan barcha masalalar bo‘yicha ijobiy javob olindi va ularning barchasi amalga oshirildi", — dedi Vladimir Turdenev.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi saylov oldidan katta axborot kampaniyasi o‘tkazdi. Murojaatnomalar nafaqat OAV orqali balki telekommunikatsiya kompaniyalari orqali SMS ko‘rinishida ham tarqatilgan edi.

Bugun 18-mart kuni Rossiya prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu munosabat bilan xorijiy mamlakatlarda 400ga yaqin saylov uchastkalari ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0