Jamiyat

Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar

© Sputnik Amir IsayevStend s informatsiyey o kandidatax na doljnost prezidenta Rossii
Stend s informatsiyey o kandidatax na doljnost prezidenta Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy saylov qoʻmitasi xabariga koʻra Putin 70 % ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun boʻlib oʻtgan prezident saylovning dastlabki natijalariga koʻra, Vladimir Putin 71,9 % ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, Markaziy saylov qoʻmitasi xabariga asosan.

Rossiyada ovozlarni hisoblashda avtomatik tizimdan foydalanilgani sababli, ovoz berish jarayoni yakunlangan soniyada sayloving dastlabki natijalarini bilish mumkin. Ayni damda byulletenlarning 21,33 % hisoblab boʻlingan. Ovozlarni hisoblash tuni bilan davom etadi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar
Informatsionnыy tsentr TSIK RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar

Ayni damda maʼlum boʻlgan dastlabki natijalar quyidagicha:

  1. Vladimir Putin   - 71,9 %
  2. Pavel Grudinin – 15 %
  3. Vladimir Jirinovskiy – 6 %
  4. Kseniya Sobchak - 2,5%
  5. Grigoriy Yavlinskiy  – 1,6%,
  6. Boris Titov – 1,1%
  7. Sergey Baburin – 1,0%,
  8. Maksim Suraykin – 0,8%

Rossiya MSQ rahbari Ella Pamfilova aytishiga qaraganda, ayni damda nomzodlarning hech biridan arznoma olinmagan, mamlakat ichida va tashqarisida fuqarolar ovoz berishda faol ishtirok etgan. Yaroqsiz deb topilgan byulletenlar 1,2 %ni tashkil qilgan.

Saylovning yakuniy natijalari dushanba kuni eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala