Jamiyat

Majburiy tartib: oʻz joniga qasd qilganlar haqida psixiatriya muassasalariga xabar beriladi

Oʻzbekiston hukumati qator vazirliklarga aholi oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish masalalarini oʻrganishni va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼat majlislarida bu holatlarni muhokama qilib borishni topshirdi

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. 2018 yil 1 apreldan boshlab ichki ishlar organlari oʻz joniga qasd qilingan har bir holat toʻgʻrisida psixiatriya xizmati muassasalariga zudlik bilan xabar beradi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 16 mart kuni imzolangan "Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi yangi qarorida aytib oʻtilgan.

Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent shahrida ruhiy xasta ayol talaba yigitni pichoqladi
"Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 mayga qadar boʻlgan muddatda psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin, shuningdek, aholi oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish masalalarini oʻrgansin va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼat majlislarida muhokama qilib borsin", — deyiladi hujjatda.

Shuningdek, 2018 yil 1 maydan boshlab xususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha aholiga ayrim xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston xususiy amaliyot vrachlari uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ruhiy holati buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlashi kerak boʻladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib koʻrdi
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot institutlarida bazaviy tibbiyot maʼlumotiga ega boʻlgan vrachlar uchun ularning oʻrtacha oylik ish haqini saqlagan va xizmat safari xarajatlarini qoplagan holda "psixiatriya" va "suitsidologiya" yoʻnalishlarida ixtisoslashuv kurslarini tashkil qilinishi belgilandi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali, Andijon davlat tibbiyot instituti va Samarqand davlat tibbiyot institutida "psixiatriya" yoʻnalishi boʻyicha klinik ordinaturada oʻqish uchun oʻrinlar sonini 10 nafargacha oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala