Hodisalar

Oʻzbekistonda tadbirkor suvenir dollarlarga aldandi

Muqaddam sudlangan shaxs ishonuvchan tadbirkorga suvenir boʻlgan yetti ming yetti yuz ellik dollarni topshirib, evaziga 36 ming uch yuz ming soʻmlik "oynalarni olib ketgan

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Muqaddam sudlangan A.Safarov tadbirkorga suvenir boʻlgan yetti ming yetti yuz ellik AQSH dollarini berib aldadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 53ta mashinani ijaraga olib sotib yuborgan firibgar qoʻlga olindi
Xabarda suvenir dollarlarga aldangan shaxs — "Glass ekspo" MCHJ rahbari X.Poʻlatov ekanligi aytilgan. U joriy yil 16 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, oʻzini "Bekzod" deb tanishtirgan nomaʼlum shaxsga 36 ming 300 ming soʻmlik oynalarni suvenir dollar evaziga berib yuborganligini aytgan.

Maʼlum boʻlishicha, firibgar tadbirkorning mobil telefoniga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini "Sirdaryo viloyati Guliston shahrida "Akfa" romlarni yasash bilan shugʻullanaman" deb aldagan. Soʻngra umumiy qiymati 36 ming 300 ming soʻmlik oynalarni sotib olishga kelishib, oynalarni Sirdaryo tumani hududida kutib olib, oq polietilen paketga skotch bilan oʻralgan suvenir boʻlgan 7 ming 750 AQSH dollarini garov sifatida bergan.

Ammo bu ham hammasi emas. Firibgar oynalarni Guliston shahrida joylashgan "Lord savdo invest" xususiy korxonasi rahbari, X.Axmedovga sotib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi, maqaddam sudlangan, 1989 yilda tugʻilgan A.Safarov sodir etganligi aniqlanib qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala