Dunyoda

Putinga birinchi boʻlib tabrik yoʻllagan yetakchilar

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin posetil miting-kontsert v Moskve, posvyaщennыy godovщine vossoyedineniya Krыma s Rossiyey
Prezident RF V. Putin posetil miting-kontsert v Moskve, posvyaщennыy godovщine vossoyedineniya Krыma s Rossiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda Putin uchun rekord darajadagi saylovchilar ovoz berishdi. Putin gʻalaba qozondi. Rus xalqi oʻzining birdamligini koʻrsatdi, deya yozishmoqda OAVlar

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Dunyo yetakchilari Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda gʻalaba qozongani bilan tabriklashni boshlab yubordilar.

Stend s informatsiyey o kandidatax na doljnost prezidenta Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar
Putinni eng birinchilardan boʻlib — XXR raisi Si Tszinpin va Qozogʻiston yetakchisi Nursulton Nazarboyev tabrikladi.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Vladimir Putinga yuborgan tabrik telegrammasida rossiya-xitoy munosabatlari eng yuqori darajadaligini alohida taʼkidlab oʻtgan va bu munosabatlarni bundan keyin ham rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.

Si Tszinpin Moskva va Pekin oʻrtasidagi aloqalar "oʻzaro hurmat, tenglik va oʻzaro manfaatlilikka asoslangan yangi tipdagi xalqaro munosabatlar namunasi boʻlganligini" aytib oʻtdi.

Xitoy yetakchisi shuningdek, Rossiya davlatchilik taraqqiyotida yangi muvaffaqiyatlarni qozona olishiga ishonch bildirgan.

"Soʻnggi yillarda rossiya xalqi oʻzining birdamligi va hamjihatligini namoyon qilmoqda, taraqqiyot yoʻlidan va kuchli mamlakatni yaratish yoʻlidan bormoqda, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim natijalarga erishilgan. Rossiya xalqaro masalalarda muhim konstruktiv rol oʻynaydi", — deb qayd etgan Si Tszinpin.

Nazarboyev va Kastroning tabrigi

Qozogʻiston prezidenti rossiyalik hamkasbini telefon orqali tabrikladi.

Kandidat v prezidentы Rossii, deystvuyuщiy prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya golosovaniya na vыborax prezidenta Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev Putinni prezident saylovlaridagi gʻalabasi bilan tabrikladi

Kubaning Moskvadagi elchisi Xerardo Penyalver Portal esa Raul Kastro Vladimir Putinga "iliq noma" yoʻllagani haqida xabar bergan.

Diplomatning soʻzlariga koʻra, kuba yetakchisi Rossiya prezidenti gʻalabasini ishonchli gʻalaba deb atagan.

Yetakchining noyob talanti

Putinga gʻalaba munosabati bilan, shuningdek Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va hukumat rahbari Ana Brnabich tabriknoma yoʻllaganlar.

Vuchich oʻz tabrik telegrammasida Putinga ikkiyoqlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshga hissasi hamda Serbiyaning hududiy butunligini himoya qilayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Ana Brnabich, oʻz navbatida Putinning saylovlardagi gʻalabasi ishonchli boʻlganini qayd etgan.

Vatanparvarlik namoyishi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Putinning Rossiya prezidenti etib qayta saylangani rossiyaliklarning "vatanparvarligi, yuqori siyosiy ongi"dan hamda "demokratik intilishlaridan" dalolat berishiga ishonch bildirgan.

Viktor Baranets - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Baranets: amerikalik generallar Putinning murojaatini ogʻizlarini ochib tomosha qilishgan

Abzaziya prezidenti Raul Xadjimba esa saylovlar natijalari rossiyaliklarning Vladimir Putin tanlagan yoʻlga boʻlgan ishonchini koʻrsatishini aytgan.

"Rossiya iqtisodida koʻpgina modernizatsiya ishlari amalga oshirildi, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, xavfsizlik va mudofaa sohasiga, Rossiya manfaatlarini xalqaro sahnada himoya qilishga katta eʼtibor qaratildi. Vladimir Vladimirovich, sizga Rossiya xalqi farovonligi uchun murakkab mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman", — deyiladi Abxaziya prezidenti tabrigida.

Poroshenko va Makkeyn tanqidi

Rossiyada oʻtkazilgan prezident saylovlari natijalaridan norozi boʻlganlar ham topildi. Misol uchun, ukrainalik yetakchi Petr Poroshenko Qrimdagi ovoz berishlar noqonuniy oʻtkazilgani haqida bayonot qildi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s generalnыm direktorom RFPI K. Dmitriyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin: Ukraina voqealari vaqtida AQSH Rossiyani surbetlarcha aldagan

Poroshenkoning soʻzlariga koʻra, dunyo yetakchilari yarimorolda oʻtkazilgan saylov natijalarini tan olishga tayyor emas. "Qrim saylaydigan yagona prezident — bu Ukraina prezidenti boʻladi. Men bu borada shubha qilmayman", — degan Poroshenko. Uning soʻzlaridan matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

Amerikalik senator Jon Makkeyn oʻz navbatida rossiyalik saylovchilar Putinni qoʻllab-quvvatlashayotganiga shubha bildirgan. "Putin saylovchilarni oʻziga qaratish uchun koʻp narsalarni qilishiga toʻgʻri kelgani, rossiyaliklar uning hukumatga boʻlgan tortishuvi — yolgʻon ekanligini bilishlaridan dalolat beradi. AQSH ozodlikni istayotgan barcha rossiyaliklarni qoʻllab-quvvatlaydi", — deb yozgan Makkeyn oʻzining Twitter ida.

18 mart kuni Rossiyada boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida Putin 76% dan koʻp ovoz oldi. Bu uning siyosiy karyerasidagi rekor koʻrsatkichdir. Putin uchun 54,4 million fuqarolar ovoz berishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala