Nazarboyev Putinni prezident saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi

© Sputnik / Sergey Guneev / Mediabankka o‘tishKandidat v prezidenti Rossii, deystvuyushiy prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya golosovaniya na viborax prezidenta Rossii
Kandidat v prezidenti Rossii, deystvuyushiy prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya golosovaniya na viborax prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda 99% ovoz sarhisobida Putinga 76%dan ko‘p saylovchilar ovoz berishgani ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev dushanba kuni Vladimir Putinni Rossiya prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi Qozog‘iston rahbari matbuot-xizmati.

"Nursulton Nazarboyev va Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Qozog‘iston prezidenti Vladimir Putinni Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga bo‘lib o‘tgan navbatdagi saylovlarda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi", — deyiladi Nazarboyev matbuot-xizmatining Twitter dagi xabarida.

Stend s informatsiyey o kandidatax na doljnost prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar
Bundan tashqari Qozog‘iston prezidenti matbuot-xizmatining ma’lum qilishicha, Nazarboyev o‘zining tabrik telegrammasida Putinning g‘alabasini ishonchli deya ta’riflagan.

"Sizning samarali rahbarligingiz ostida Rossiya keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘lidan dadil bormoqda, aholining ijtimoiy farovonligini oshirish hamda eng dolzarb global va minaqaviy muammolarga yechim topish faollik ko‘rsatmoqda", — deb qayd etgan Nazarboyev o‘zining tabrik telegrammasida.

Qozog‘iston rahbari shuningdek, mamlakat Rossiya bilan ikkiyoqlama formatda, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida ham ikki xalq farovonligi uchun aloqalarni kengaytirishda davom etishga tayyorligini bildirgan. 

"Bir vaqtning o‘zida men o‘zaro ishonch va bir-birini tushunishga asoslangan do‘stligimizni juda qadrlayman", — deb ta’kidlagan Nazarboyev.

Yangiliklar lentasi
0