Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni ishonchli gʻalaba bilan tabrikladi

© SputnikPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident tabriknomasida Oʻzbekiston va Rossiya orasidaga ittifoqchilik munosabatlari mustahkamligi alohida taʼkidlab oʻtildi

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni saylovida erishgan ishonchli gʻalaba bilan qutladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident tabriknomasida saylov natijalari Vladimir Putin olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga Rossiya xalqi bildirgan ishonchini namoyish qilgani aytib oʻtilgan.

"Saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida amalga oshirilayotgan har tomonlama oʻylangan, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, davlat suverenitetini qatʼiy himoya qilish va Rossiya Federatsiyasining jahonda muhim oʻrin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani qayd etilgan", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, tabrik soʻzida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlangani alohida taʼkidlab  oʻtilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala