O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

© Novosti UzbekistanaTuristicheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta
Turisticheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi qatnov 22-mart kuni Toshkentdagi Markaziy vokzaldan yo‘lga chiqadi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Toshkent-Bishkek-Ribachye (Issiq ko‘l) — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam temir qatnovni yo‘lga qo‘yishadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Samolet Il-114-100 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Il-114 samolyotlarini almashtiradi

Birinchi qatnov 22-mart kuni soat 20-50 da Toshkentdagi Markaziy vokzaldan yo‘lga chiqadi. Poyezd 9 ta vagondan iborat bo‘lib, uning tarkibiga lyuks, kupe, plaskart va vagon-restoran kiradi. Poyezd 300 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, plaskart bilet narxi 378 ming so‘mdan, kupe esa 515 ming so‘mdan boshlanadi. Yo‘ldagi vaqt 25 soatni tashkil qiladi. Poyezd faqat payshanba kuni qatnaydi.

Bu yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yilishi Bishkekga yoki Issiq ko‘lda dam olish uchun bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga juda qo‘lay bo‘ladi. Bishkekgacha samolyot bilet narxi 90 dan 160 dollarni tashkil qiladi.

O‘tgan yili O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Tamchi (Issiq ko‘l) mavsumiy pavozlarni boshlagan edi. Bilet narxi 100 dollardan boshlangan.
Shu yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 ta (Toshkent-Bishkek, Farg‘ona-O‘sh, Andijon — O‘sh va Toshkent — Issiq ko‘l) yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0