Iqtisod

Germaniya Oʻzbekistonda avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishPunkt kontrolya na platnoy avtodoroge
Punkt kontrolya na platnoy avtodoroge - Sputnik Oʻzbekiston
Nemis kompaniyasi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda tsement-beton va asfalt-beton qoplamali avtomagistral yoʻllar qurish boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirgan

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Germaniyaning GP Papenburg AG kompaniyasi Oʻzbekistonda pullik avtoyoʻllar qurish bilan shugʻullanishi mumkin, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Priobretenы boleye 100 yedinits novoy dorojnoy texniki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoʻl qurilishi va taʼmiri uchun yuzdan ziyod yangi yoʻl texnikalari xarid qilindi

Maʼlum qilinishicha, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasida qoʻmita raisi A.Abduvaliyev hamda nemis kompaniyasi boshqaruvi raisi Gyunter Papenburg oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tomonlar GP Papenburg AG kompaniyasining Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurilishida davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida ishtiroki imkoniyatlarini muhokama qildi.

Nemis kompaniyasi MDH davlatlarida ish olib borish boʻyicha yetarlicha tajribaga ega. Keyingi bir necha yil davomida kompaniya Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda tsement-beton va asfalt-beton qoplamali avtomagistral yoʻllar qurish boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirgan.

Uchrashuvda shuningdek, "Teltomat" asfalt qorishtiruv zavodlarini ishlab chiqarish va taʼmirlash hamda asfalt-beton qoplamalarni regeneratsiya qilish bilan shugʻullanuvchi qoʻshma korxona tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Germaniya kompaniyasi rahbari uning korxonasi "Teltomat" zavodlarini modernizatsiya qilishga ixtisoslashgan maxsus dasturlarga ega ekanligini hamda asfalt qorishtiruvchi zavod majmualarini yigʻish boʻyicha oʻzbekistonlik mutaxassislarni Germaniyada qayta oʻqitishga tayyor ekanliklarini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala