O‘zbekistonda sakkiz yildan so‘ng huquq himoyachisi G‘aybullo Jalilov ozodlikka chiqarildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSIZO
SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jalilov 2009-yilda Qashqadaryo viloyatida, xususan "Xonobod" harbiy bazasi va Qarshi shahridagi aeroportda terrorchilik aktlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekistonda sakkiz yillik qamoq jazosidan so‘ng huquq himoyachisi G‘aybullo Jalilov ozodlikka chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
AQSh elchixonasi vijdon mahkumlari ozodlikka chiqarilganidan mamnunligini bildirdi
Jalilov 2009-yilda Qashqadaryo viloyatida, xususan "Xonobod" harbiy bazasi va Qarshi shahridagi aeroportda terrorchilik aktlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘zbekistondagi Amerika elchixonasi Jalilovning ozodlikka chiqarilishi munosabati bilan o‘z rasmiy bayonotini e’lon qildi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolik jamiyati faoli G‘aybullo Jalilovning ozod etilishini olqishlaydi. 2009-yili xavfsizlikka aloqador masala va ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotga a’zolikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan Jalilov doim aybsiz ekanini aytib kelgan. 2013-yili, BMTning Hibsga olish va ushlab turish bo‘yicha ishchi guruhi Jalilovni ozod etishga chaqirgandi. Qo‘shma Shtatlar bu qarorni hamda sud tizimida oshkoralikni kuchaytirish va barcha fuqarolar uchun qonunga muvofiq adolatli munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi", — deyiladi bayonotda.

 

Yangiliklar lentasi
0