Jamiyat

Oʻzbekiston TIV va MDXMI kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va MDXMI oʻrtasida xalqaro iqtisodiyot, huquqshunoslik, sinxron tarjima, jurnalistika yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha amaliy qadamlar qoʻyilishiga kelishib olindi

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Abdujabbor Abduvohidov Moskvada Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) rahbariyati bilan uchrashuvda kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Diplomatiya universiteti MGIMO bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

"Oʻn toʻqqizinchi mart kuni Moskvada ishchi tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Abdujabbor Abduvohidov Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori, Rossiya FA akademigi Anatoliy Torkunov bilan uchrashdi", — deyiladi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tomonlar oliy va yuqori darajadagi Oʻzbekiston-Rossiya muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlar doirasida kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

"Muzokaralar yakuniga koʻra tomonlar Oʻzbekiston TIV huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va MDXMI oʻrtasida birinchi navbatda xalqaro iqtisodiyot, huquqshunoslik, sinxron tarjima, jurnalistika va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha amaliy qadamlar qoʻyilishiga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala