Jamiyat

Benzin, Wi-Fi va qahva: Toshkentda "Lukoyl"ning ilk AYOQShi ochildi

© lukoil.ruLukoyl otkrыl pervuyu AZS v Uzbekistane
Lukoyl otkrыl pervuyu AZS v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yerda haydovchilar qaynoqqina qahva ichishlari hamda bepul internetdan foydalanishlari mumkin

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. "Lukoyl" Oʻzbekistondagi birinchi avtomobillarga yonilgʻi quyish stantsiyasini ochdi, benzin va dizel yonilgʻisi chakana savdosi bilan kompaniyaning shoʻʼba korxonasi — "Lukoyl Uznefteprodukt" MCHJ shugʻullanadi. Bu haqda "Lukoyl" matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, stantsiyadagi barcha mahsulotlar Yevropaning yevro-5 standartiga javob beradi.

"Bu "Lukoyl"ning Oʻzbekiston hamda butun Markaziy Osiyodagi birinchi AYOQShi hisoblanadi", — deydi kompaniyaning neft mahsulotlarini sotish boʻyicha vitse-prezidenti Oleg Pashayev.

Haydovchilar bu yerdagi shinam qahvaxonada qaynoq qahva ichib shirinliklar isteʼmol qilishlari, yoʻlda kerak boʻladigan mahsulotlarni sotib olishlari mumkin. AYOQSH mijozlariga Wi-Fi tarmogʻi orqali bepul internet taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala