Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi vizasiz tartib toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Patar" v Kanibadame, arxivnoye foto
KPP Patar v Kanibadame, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Bitim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga tashrifi doirasida imzolangandi

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi fuqarolarning 30 kungacha vizasiz oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Jiteli Uzbekistana peresekayut granitsu s Tadjikistanom na KPP Patar, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Chegarasiz quvonch yoxud koʻzda yosh bilan diydorlashgan qardoshlar

Bitim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga tashrifi doirasida imzolangandi.

"Oʻn toʻqqizinchi mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlari oʻrtasida imzolangan  fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi”, — deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, bitim ikki mamlakat fuqarolariga oʻzaro bordi-keldilarni viza rasmiylashtirishdan amalga oshirish imkonini berish orqali ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan.

"19 martdan boshlab Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari fuqarolari ikki mamlakat hududida bitimda koʻrsatilgan tegishli oʻtish hujjatlari bilan vizasiz (30 kungacha) boʻlishlari mumkin", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala