Migratsiya

Ilgari Koreyada ishlab qaytganlar uchun may oyida test sinovlari oʻtkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Fotobankka oʻtishMigrantы vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya
Migrantы vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati Erkin yollash tizimi boʻyicha oʻtkaziladigan kompyuter test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina Koreya maʼlumotlar bazasiga kiritiladi

TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bitirib qaytib kelgan fuqarolar 4 may kunidan boshlab boʻlib oʻtadigan test sinovlarida qatnashish uchun roʻyxatga olinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati Erkin yollash tizimi boʻyicha oʻtkaziladigan kompyuter test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina Koreya maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.

Goroda mira. Seul - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Janubiy Koreyaga ishga boradigan oʻzbekistonliklar uchun kvotalar soni koʻpaytiriladi

Roʻyxatdan quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar oʻtishlari mumkin:

2010 yil 1 yanvardan keyin Koreya Respublikasidan qaytib kelgan fuqarolar, yoshi 18 dan 39 yoshgacha boʻlgan fuqarolar (1978 yil 30 martdan 2000 yil 29 martgacha oraligʻida tugʻilganlar), muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan, Koreyadan deport qilinmagan yoki deport qilinganligi toʻgʻrisida buyrugʻi boʻlmagan, Koreyada doimiy yashash va ish joyini tashlab ketish maqsadi boʻlmagan fuqarolar.

Shuningdek, YE-9 va YE-10 vizalari boʻyicha Koreyada 5 yillik yoki undan koʻp muddatli istiqomat qilmagan shaxslar

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shartlarga toʻliq mos kelgan fuqarolar 2018 yil 24 va 26 mart kunlari viloyatlarda joylashgan “Milliy bank”ning markaziy shaxobchalari orqali Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Milliy bank bosh amaliyot boʻlimidagi maxsus hisob raqamiga 30 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻning soʻmdagi qiymatini toʻlov kunidagi Markaziy bank rasmiy kursi boʻyicha toʻlashlari lozimligi bildirilgan.

Toʻlov maqsadida har bir fuqaro oʻzining ism-familiyasini toʻgʻri, toʻliq hamda pasport seriyasi va raqamini toʻliq koʻrsatishlari talab etiladi.

Zarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Koreyada ishlab Oʻzbekistonga qaytganlar Migratsiya agentligiga kelishlari soʻralmoqda

24 va 26 mart kuni belgilangan toʻlovni amalga oshirgan fuqarolar roʻyxati Milliy bank tomonidan taqdim etilganidan soʻng ular onlayn roʻyxatga olish jarayonida qatnashish huquqiga ega boʻlishlari mumkin.

Koreya tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan 28 mart soat 9dan 29 mart soat 18ga qadar Agentlikning rasmiy web sayti www.migration.uz orqali onlayn roʻyxatga olish oʻtkaziladi. Qayd etilgan sanadan boshqa kunlari roʻyxatdan oʻtish imkoniyati mavjud emas.

Roʻyxatdagi fuqarolar oʻz ism sharifi ustiga tugmachani bosib sahifada majburiyat bilan tanishib, rozilik bildirib tasdiqlagan taqdirda, onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin boʻladi.

Testga kirish uchun ruxsatnoma raqamini olgan fuqarolar uchun 4 maydan boshlab test sinovlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Agentlik Erkin yollash tizimi boʻyicha yuzaga kelgan holatiga koʻra test sinovlari dasturiga oʻzgartirish kiritilishi mumkinligini maʼlum qilgan.

Boʻlib oʻtadigan test sinovlar vaqti va tartibi toʻgʻrisida qoʻshimcha eʼlon beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala