Samarqand viloyatini obodonlashtirish jamgʻarmasi tashkil etiladi - Prezident qarori

© Foto ochevidtsaJenщina polet travu
Jenщina polet travu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamgʻarma mablagʻlari Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va mahalliy ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi viloyat matbuot-xizmati.

Tashkil etilgan jamgʻarmaning shakllantirish manbalari sifatida Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan grantlar va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar koʻrsatilgan.

Otkrыtiye KPP Jartepa mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bugun Samarqand viloyatida “Jartepa” chegara punkti ochiladi

Jamgʻarma mablagʻlari shu jumladan: Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va mahalliy ichki yoʻllarni taʼmirlash;

koʻp qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini taʼmirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

kam taʼminlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlangʻich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish maqsadlarida ishlatiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala