Analitika

"Puling yoʻq bozorda nima qilasan": nahotki pulga chaqilmaydigan hech nima qolmadi!?

© © Sputnik / Amir IsayevBazar
Bazar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzimiz bilibmi, bilmaymi, AQShda boʻladigandek, hamma narsani pulga chaqa boshladik. Bir haqiqatni unutmaylik: AQSH davlatining asosi shu - dollarga qurilgan. Bizning jamiyat esa pulga, moddiy manfaatlarga emas, mehr-oqibat asosiga tiklangan

Albatta, har qanday sharoitda ham inson oʻlimi fojia… Hayotning bevaqt uzilishi esa oʻn karra fojia…

Samarqand viloyatida oʻqituvchining hasharga chiqqan vaqtda fojiali halok boʻlishi hammamizning ham qalbimizni larzaga soldi. Bechora yosh ayolga achindik. Hech kim bu yoshda oʻlib ketishni istamaydi, hammaning hayoti ham hayot… Kimnikidir qadrli, kimnikidir qadrsiz emas…

Biroq… Ayrimlarning ushbu holatdan foydalanishga urinishi, bu bilan jamiyatdagi azaliy qadriyatlarga qarshi chiqishi, millatni birlashtirib turuvchi udumlardan birini qoralashi tushunarsiz. Nafaqat tushunarsiz, balki gʻayriaxloqiy holat.

Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Vatan va vatanparvarlar haqida
Hammamiz bilamiz, tushunamiz, anglaymiz — kishilik jamiyatida, ayniqsa sharq kishilari hayotida hasharsiz hech nima qilib boʻlmaydi. Hashar nafaqat jamoa boʻlib, koʻpchilik uchun zarur boʻlgan ishni bajarish, balki xalqning birdamligi, oʻrtadagi mehr-oqibat rishtalari hamdir.

Bilamiz, davlatlarning paydo boʻlish tarixi haqida gap ketganda birinchi sabab sifatida hashar nazarda tutiladi. Eng qadimiy davlatlar, shuningdek, millatlar sugʻorish tizimlari mavjud, aniqrogʻi, sugʻorish tizimlariga ehtiyoj tugʻilgan yerlarda paydo boʻlgan.

Yaʼni odamlar birlashib, sugʻorish tizimlarini yaratishlari va ulardan foydalanish jarayonida oʻzaro birlashishgan, oldin elatga, soʻng millatga aylangan, bu orada davlat ham paydo boʻlgan. Bular hashar orqali boʻlgan-da. Axir u davrlarda pul yoʻq edi.

Koʻrinadiki, hashar davlatning paydo boʻlishida asosiy vosita. U hozir ham jamiyatni tutib turgan ustunlardan.

Bugun uni majburiy mehnat, deb talqin qiluvchilar koʻpaydi. Oʻzimiz bilibmi, bilmaymi, AQShda boʻladigandek, hamma narsani pulga chaqa boshladik. Bir haqiqatni unutmaylik: AQSH davlatining asosi shu — dollarga qurilgan. Bizning jamiyat esa pulga, moddiy manfaatlarga emas, mehr-oqibat asosiga tiklangan. AQShga qarab toʻn bichmaylik, koʻylak-ishtonsiz (yalangʻoch) qolishimiz mumkin. Chunki, banknotlarimizni chetga nominal qiymatda sotolmaymiz, AQShnikidek ulkan armiyamiz ham yoʻq… Pul ishlayman, deb asosiy rishtalarimizdan ham ayrilib qolmaylik. Sheroziy aytganday: "Puling yoʻq, bozorda nima qilasan? Qoʻrqaman, sallangni berib qaytasan".

Koʻcha-koʻyni supurish, atrofni ozoda saqlash majburiy mehnatga kirsa, avvalambor kelinlar qaynonalarini sudga berishlari lozim. Axir ular har tong koʻchalarni supurishga majburlanadi…

Qolaversa, dafn marosimlariga nega tekinga boriladi? (toʻylar, mayli, u yerda ovqat beriladi) Axir unda tekinga ishtirok etamiz-ku.

Qishloqlarda yumushlarning katta qismi hashar bilan hal boʻladi. U kishilar orasidagi birdamlikni, mehr-oqibatni kuchaytiradi.

Vo vsenarodnom xashare prinyali uchastiye uchitelya i ucheniki shkol - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xalq taʼlimi vazirligi: hashar - mehr-oqibatni mustahkamlaydi
Shaharda bunday muammo yoʻq, lekin qishloqlarda, hashar majburiy mehnat boʻlsa, ariqlarni kim qaziydi? Koʻchalarni kim supuradi? Toʻy-maʼrakalarga tayyorgarlik, paxsa urish, tosh terish, yer agʻdarish, tom suvash, ariq qazish, koʻchat oʻtqazish, qabristonlar, koʻchalar chetini tozalash… Bularni kim qiladi? Ariq qazuvchi, koʻcha supuruvchi, degan lavozimlar hech bir qishloqda yoʻq. Hamma "pul bersang qilaman", deb yotaversa, pulni kim beradi? (Hasharni majburiy mehnat desak, haq toʻlanmaydigan har qanday jamoat ishiniyam shunday ataylik).

Unda nima, oʻz axlatimizga oʻzimiz aralashib yotaylikmi? Boylar qoʻshnisini pulga yollab, ishlatsinmi? Kambagʻallar-chi? Yoki har bir qishloqqa ellik-qirqtadan shunaqa ishlar bilan shugʻullanuvchi lavozimlar kiritilsinmi? Unda yo byudjet oʻzini oʻzi koʻtarolmay qoladi yoki soliqlarni sezilarli darajada oshirishga toʻgʻri keladi. Xoʻsh, bu kimga yoqadi?!

Insoniyat tarixidan bilamiz, oʻzi va atrofini ozoda saqlamagani uchun millionlab insonlar turli yuqumli kasallik, oʻlatlardan qirilib ketgan. Oʻsha, oʻtmish xulosalari bizning millatga ozodalik bobida uyushqoq boʻlishni talab etgan. Biz, toʻrt kun internetda oʻtirib, oʻzimizni dono va aqlli sanab qolgan avlod, ota-bobolarimizning minglab yillik qadriyatlari zamirida nima yotishini tushunib yetmayapmiz. Bilganimiz, tekinga ishlash mumkin emas!

Koʻzimizni Gʻarbning turmush tarzi koʻr qilib qoʻymoqda! Gʻarbning individualizmi va egoizmi, yolgʻiz yashash, oʻzgani tan olmaslik tamoyili, jamoani mensimaslik gʻoyalari bizga emas…

Hasharni majburiy mehnat sifatida talqin qilib, odamlarni undan bezdirishga urinayotganlar tushunib yetishlari lozim, hashar millatimizni birlashtirib turgan rishta, ming yillar davomida shakllangan qadriyat. Bu odat bizga kelib, yakuniga yetmasligi lozim, aks holda keyingi avlodlar oʻz shatmogʻiga botib, biror bir yuqumli kasallikdan qirilib, bitishi yoki oʻz uyiga-da suv olib kelishga eringan tanbalga — tirik murdaga aylanishi mumkin.

Koʻplar vafot etgan oʻqituvchining oila aʼzolari qancha pul olishi bilan qiziqmoqda, faol muhokamaga kirishgan.

Ha, gʻarb dunyoqarashi hayotimizga shunchalar keng va chuqur kirib kelibdiki, bir bechoraning qabri sovimasdan, oilasiga tegishi mumkin pulni muhokama qilamiz! Holbuki, oʻzbeklarda hech qachon insonning qadri pul bilan oʻlchanmagan. Bu insonga nisbatan haqorat sanalgan.

Aslida bu marhumning yaqinlari va hukumat oʻrtasidagi masala. Har holda, davlat qarovchisini yoʻqotganlarni (marhum qanday sharoitda vafot etishidan qatʼiy nazar) hech qachon tashlab qoʻymaydi. Lekin bizning amerikaliklarga oʻxshab, har narsani darrov pulga chaqib, narxini chiqara boshlashimiz gʻalati.

Yana bir gʻalati holat — ayrimlar kaminaning hashardek, ming yillik qadriyatimizni oqlab yozgan fikrlarini qattiq tanqid ostiga oladi, hatto, "buyurtma evaziga, haq olib yozilgan maqola", deyishgacha ham bordi (oʻz davlati, oʻz hukumati haqida bu darajada past fikrda boʻlishni tushunish ogʻir! nahotki endi millat qadriyatini ulugʻlash ham pulga chaqilsa?). Hasharni bu hukumat oʻylab topgan emas… Oʻzbek xonliklari zamonida, undan ham burun ham bor edi… Hatto, sobiq sovet hukumati ham bundan keng foydalangan "shanbalik" degan soʻz oʻshandan keyin chiqqan, axir (hech boʻlmasa, Leninning Kremldagi hashar chogʻida kunda koʻtarib ketayotgan suratini, Katta Fargʻona kanalini eslang).

Shunday ekan, xalqning azaliy qadriyati — hasharni oqlash uchun kimdandir nimadir tama qilish shart emas va bu pastkashlik boʻlar edi. Tushunmayman, qachon millatning qadriyatlarini ulugʻlash tamagirlikka aylab ulgurdi?

Biroq, men ularning oldida oʻzimni oqlamoqchi ham emasman, bilamizki, jamiyatda norozilar toifasi har doim boʻladi.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Joʻrayev Diana Yenikeyeva bilan bogʻliq hodisaga izoh berdi
Ular har qanday holatda ham noliyveradi, hech qachon shukur qilmaydi. Bu toifa hatto davlat tepasiga kelsa ham tinchimaydi. Bilamiz-ku, oʻtgan asrning boshida bolsheviklar hukumatni yomonlab, 17-yilda hukumat tepasiga keldi. Keyinchalik Stalin davlat toʻntarishini amalga oshirgan barcha safdoshlarini bitta qoʻymay qirdirib yubordi. Chunki u bilardi, bu norozi toifadan yaxshilik chiqmaydi, hatto eng yaqining, maslakdoshing boʻlgan taqdirda ham.

Shunday ekan, gap bechora oʻqituvchining fojiali oʻlimida ham emas, shunchaki, bu xabar omma eʼtiboriga yetkazildi, xolos. Norozi kayfiyatdagilar esa buni bayroq qilib, chopib ketdi. Demak, ularda noroziliklarini ifoda qilish uchun boshqa dalil, fikrning oʻzi yoʻq.

Boʻlmasa, aytishlaricha, yiliga oʻrta hisobda Oʻzbekiston yoʻllarida 2,5 mingga yaqin kishi halok boʻlar ekan. Ularning hech biri koʻchaga mashinaning tagida qolib ketish uchun chiqmagan. Ular ham kimningdir topshirigʻi bilan, nimadir qilish uchun, qandaydir maqsadni koʻzlab uyidan chiqqan, ularning ham oʻz maqsadlari, orzu-oʻylari, umidlari boʻlgan. Ularning har biri uchun soatlab, kunlab, haftalab aza tutish, yigʻlash mumkin… Nega ularning har birini muhokama qilmaymiz?

Holbuki, har qanday insonning oʻlimi achinishga, rahm qilishga, kuyib-yonishga arziydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala