Sputnik yaqin xorij davlatlari jurnalistlari uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi

© SputnikV studii radio Sputnik
V studii radio Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastur jurnalistlarni zamonaviy multimedia axborot agentligi faoliyatining standart va texnologiyalari bilan tanishtiradi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi yaqin xorij davlatlari jurnalistlari uchun SputnikPro ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.

"Shu kunga qadar sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi jurnalistlar bilan faqatgina g‘arblik hamkasblarimiz deb ataladigan – demokratik qadriyatlarni olg‘a surish bilan shug‘ullanadi deyiluvchi agentlik va fondlar muloqot qilib kelishgan. Biz hech kimni hech narsaga majburlamaymiz – bu biz uchun anchadan buyon ko‘rishmagan do‘stlar bilan diydorlashuvdek: hammaning o‘z hayoti bor, lekin bir davrada o‘tirib bir-biri bilan nimanidir o‘rtoqlashadigan narsalar mavjud", — dedi Sputnik bosh muharriri Margarita Simonyan.

SputnikPro bu Rossiyaning eng yaxshi media menejerlari va OAVda ulkan tajribaga ega bo‘lgan yetakchi mutaxassislardan turkum prezentatsiyalardir. Dastur jurnalistlarni zamonaviy multimedia axborot agentligi faoliyatining standart va texnologiyalari bilan tanishtiradi. Mahorat darslarining birinchi qismi Minskda bo‘lib o‘tdi. Ikkinchisi Tbilisida bo‘lib o‘tadi, so‘ngra SputnikPro Yerevanga yo‘l oladi.

Rossiya OAV sobiq sovet mintaqasida bunday dasturni ilk bor amalga oshirmoqda, holbuki g‘arbliklar bunday tadbirlarni anchadan buyon o‘tkazib keladi. Sputnik va "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi rus tilida ishlovchi jurnalistlar uchun qiziq bo‘lgan tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Raqobatchi nashrlar xodimlari o‘zlari uchun foydali bilimga ega bo‘lishlari mumkin, bu esa Sputnik uchun ham muhim hisoblanadi — raqobat agentlikni yanada faolroq harakatlanishga undaydi.

SputnikPro dasturida "Rossiya segodnya" XAA bosh muharriri o‘rinbosari, MDU jurnalistika fakulteti yangi media kafedrasining katta o‘qituvchisi Natalya Loseva, "Rossiya segodnya" XAA davlat xalqaro internet-loyihalar direksiyasi direktori o‘rinbosari Irina Kedrovskaya, "Rossiya segodnya" XAA o‘quv dasturlari rahbari Oleg Shedrov, operativ illyustratsiyalash bo‘limi boshlig‘i, "Rossiya segodnya" XAA onlayn-nashrlari fotoxizmati rahbari o‘rinbosari Svetlana Sviyazova, "Rossiya segodnya" XAA xalqaro multimedia matbuot markazi rahbari Olga Koleva va "Rossiya segodnya" XAA maslahatchisi Svetlana Babayevalar spiker sifatida ishtirok etishadi.

Sputnik xalqaro axborot agentligi jahondagi yirik OAVdan biridir: agentlik 32 tilda faoliyat yuritadi, tahririyat va matbuot markazlari butun dunyo bo‘ylab Tokiodan Montevideogacha kunu tun davomida yangiliklar berib boradi.

Uch yillik faoliyati davomida Sputnik saytlari axborot yetkazishning yangi va texnologik shakllari tufayli sobiq sovet mamlakatlaridagi mahalliy OAV orasida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Yaqin xorij mamlakatlaridagi har bir Sputnik portali milliy va rus tilida faoliyat ko‘rsatadi, ularda o‘quvchi uchun turli multimediaviy mahsulotlar: infografika, video, fotoreportajlar, onlayn-efirlar, internet-ovoz berish, podkastlar taqdim etiladi. Sputnik tezkor yangiliklar bilan birgalikda shuningdek tahliliy maqolalar va eksklyuziv intervyular ham chop etadi. Sputnik radiosi internet va FM/AM to‘lqinlarida 18 tilda eshittirish olib boradi.

Yangiliklar lentasi
0