Abdulla Oripov hayoti va ijodi

© Fotouz.uzAbdulla Oripov
Abdulla Oripov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek she’riyatining eng yorqin namoyondalaridan biri, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida maqolamizda batafsil tanishing.
Abdulla Oripov O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Davlat madhiyasi muallifi va jamoat arbobi.
Abdulla Oripov biografiyasi
Abdulla Oripov 1941-yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida tavallud topgan. Shoirning otasi Orif Ubaydullayev kolxoz raisi bo‘lgan. Onasi Turdixol momo ko‘pchilik o‘zbek ayollari singari mehnatkash inson bo‘lgan. Oilada sakkiz farzand-to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lib, shoir Abdulla o‘g‘illarning kenjasi bo‘lgan.
1958 - 1963-yilda bo‘lajak shoir Abdulla Oripov maktabni oltin medal bilan bitirib, ToshDUning (O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘zbek filologiyasi fakulteti, jurnalistika bo‘limiga kiradi.
1963 -1967 yillarda “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlay boshlaydi.
1967-1974 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati muharriri va bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritadi.
1974 - 1976-yillarda davomida O‘zbekistonning yirik adabiy jurnali “Sharq yulduzi”da bo‘lim rahbari bo‘lib ishlaydi.
1972 - 1982-yilllarda Abdulla Oripov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, uyushmaning Toshkent viloyati bo‘linmasi kotibi,
1983 -1985 yillarda “Gulxan” jurnali bosh muharriri bo‘lib faoliyat yuritadi.
1988 yilda O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.
1996 yildan 2009-yilgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qiladi.
1995 yildan boshlab Abdulla Oripov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Birinchi va Ikkinchi chaqiriq majlisi deputati.
2005 yildan boshlab Abdulla Oripov Oliy Majlisi senatori etib saylangan.
deputat va senator sifatida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, shoir Kaliforniya fan ta’lim, sanoat va san’at xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘lgan.
Ardoqli shoir umrining so‘nggi yillarini AQShda o‘tkazdi. Abdulla Oripov 2016 yil 5-noyabrga o‘tar kechasi Texas shtati Hyuston shahri kasalxonasida 75 yoshida uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi.
© Sputnik / Pogorelchenko / Mediabankka o‘tishAbdulla Oripov
Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov talabalik yillaridanoq iqtidorli shoir sifatida tanilishni boshlagan. Bunga o‘sha vaqtlarda ToshDUda o‘qigan va ishlagan o‘zbek adabiyotining bo‘lajak yetuk vakillari ham hissa qo‘shgan. Ana shunday insonlardan Ozod Sharofiddinov, Matoqub Qo‘shjonov.
Keyinchalik Abdulla Oripov she’rlari bosilib chiqa boshlaganidan so‘ng o‘sha vaqtlardagi o‘zbek adabiyotining yetuk namoyondalari G‘afur G‘ulom, Mirtemir, Abdulla Qahhor va Oybek domlalardan saboq oladi. Bu haqida shoir o‘z xotiralarida yozib qoldirgan.
Abdulla Oripov she’rlari
"Mening deyarli har bir she’rim hayotdagi ma’lum bir voqea, hodisa bilan bog‘liq, jo‘nroq qilib aytganda, har birining turtkisi bor", - Abdulla Oripov.
"Ayol" va "Tilla baliqcha"
"Mening har bir she’rimning turtkisi bo‘lgan, - deb yozadi shoir o‘z xotiralarida. - Masalan "Ayol" degan she’rim urushdan qaytmagan amakilarimning bevalariga bag‘ishlangan. <...>
Ishxonamiz yonida bir sassiq hovuz bo‘lib, unda uch-to‘rtta tilla baliq og‘zini kappa-kappa ochgancha o‘lar holda kun o‘tkazardi. Boshqa shoirlar qatori o‘sha baliqlarning holiga achinib, men ham "Tilla baliqcha" degan she’r yozib, baloga qolganman. Emishki, sassiq hovuz deganda sovet tuzumini nazarda tutganman. Demakkim, haqiqatdan ham bir gap bor ekanki, arqon ularning ko‘ziga ilon bo‘lib ko‘rinibdi"
Men nechun sevaman O‘zbekistonni va "Ona tilim"
Yoxud "O‘zbekiston" qasidasining yozilishichi? Buning yozilishiga nima turtki bo‘lgan, deyilishi mumkin. Gap shundaki, Vataning butun Sovet Ittifoqi deb uqtirib turilgan bir paytda, menga O‘zbekiston nima bo‘ldi ekan, degan savol yuragimning tubida paydo bo‘lib, hoynahoy, "Vatanim - O‘zbekiston" deb she’r yozgan bo‘lsam, tilimizning har qadamda erga urilayotganini ko‘rib "Ona tilimga" nomli she’rni yozganman.
© DunyouzbeklariAbdulla Aripov O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov bilan
Abdulla Aripov O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov bilan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov bilan

Abdulla Oripov muhabbat haqida

“Birinchi muhabbatim”
Shoir ijodida muhabbat mavzusi alohida o‘ringa ega. Ayniqsa, “Birinchi muhabbatim” she’ri el orasida nihoyatda mashhur. She’rga bastalangan qo‘shiq ham o‘zbek estradasining oltin fondidan joy olgan. Shoirning o‘zi suhbatlaridan birida ushbu she’ri haqida shunday deydi: “She’rning ëzilganiga 50-yildan oshdi. Ëzilgan oddiy she’r endi. O‘qib olaverasiz. Boshqa hech qanaqa gapi yo‘q bu she’rning. Hofizlar 40-50 yildan beri aytib kelyapti. Hodi Toqtoshning “Muhabbat ul eski narsa¸ har bir qalb oni ëng‘orta” degan gapi bor. Odam bolasi tirik bo‘lgandan keyin sevadi,seviladi. Men bu muhabbat mavzuyida ko‘p she’rlar ëzganman. Bu Muhabbat tuyg‘usi borki, she’r bor, adabiyot bor”

Abdulla Oripov - mohir tarjimon

Abdulla Oripov mohir tarjimon hamdir. U jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek kitobxonlariga yetkazishga ulkan hissa qo‘shgan. Jumladan, Uyg‘onish davrining yirik vakili Dante Aligyerining “Ilohiy komediya”sining “Do‘zax” qismini, Aleksandr Pushkin, Nikolay Nekrasov, Taras Shevchenko, Rasul Hamzatov, Lesya Ukrainka kabi mashg‘ur shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
"Tarjima jaroni men uchun eng ulug‘ maktab bo‘ldi. Agar qog‘oz ustida eng ko‘p ter to‘kkan bo‘lsam, o‘sha tarjima ustida to‘kkanman. Ona tilimizning naqadar boy ekanligiga imon keltirgan bo‘lsam, o‘sha tarjima jarayonida imon keltirganman. Azbaroyi tarjima asl nusxadan kam bo‘lmasligi uchun tilimiz boyligidan imkon boricha to‘liq foydalanish uchun izlandim, til xazinamizdan so‘zlar axtardim. Bunga nechog‘liq erishganman, bu boshqa mavzu, biroq ishondimki, bizning tilimiz hech bir mubolag‘asiz jahondagi eng go‘zal va eng badavlat tillardan biridir", - deb xotirlaydi o‘zining tarjimonlik faoliyatini Abdulla Oripov.
Shoirning o‘z she’rlari ham dunyoning turli tillariga, xususan, rus, ingliz, bolgar, turk, turkman, ozarbayjon, tojik, uyg‘ur tillariga tarjima qilingan. Shoirning “Rodnik”, “Veter Rodini”, “Lyubov k jizni”, “Jajda vesni”, “Udivlenie”, “Veter moyego kraya”, “Soxibkiran”, “Blagoslovennoe projitoe mnoy” kabi sakkizta rus tilidagi she’riy asarlari Toshkent va Moskva nashriyotlarida bosilib chiqqan.
© Gulbahor ErqulovaAbdulla Oripov do‘sti Gulbahor Erqulova bilan
Abdulla Oripov do‘sti Gulbahor Erqulova bilan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov do‘sti Gulbahor Erqulova bilan

O‘zbekiston madhiyasi muallifi

Abdulla Oripov o‘z davlati madhiyasi so‘zi muallifi bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yuqori Kengashining 11 chaqirig‘ida qabul qilingan. Madhiya yaratilish tarixi O‘zbekiston SSRning birinchi madhiyasi bilan bog‘liq. 1946-yilda SSSRning ilk madhiyasi paydo bo‘ladi. O‘zbekiston ham o‘z madhiyasini yaratishga kirishadi. O‘sha vaqtda madhiya musiqasi tanlovida ijodini boshlagan bastakor Mutal Burhonov musiqasi g‘olib deb topiladi. 1967-yilda O‘zbekiston SSR madhiyasi matniga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. Shoir Turob To‘la matnni o‘zgartiradi, musiqa esa o‘zgartirilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil mustaqillikka erishgach mustaqil O‘zbekistonning yangi madhiyasiga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Tanlovda Mutal Burxonovning musiqasi va Abdulla Oripovning yangi matni bilan yaratilgan madhiya g‘olib deb topiladi.
Abdulla Oripovning farzandi Shoira Oripova shunday xotirlaydi: “Otam madhiyaning ikkita variantini ilm familiyalarini ko‘rsatmasdan, anonim tarzda yuborgan. Shu ikkita matn varianti ham tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan. Birinchilardan bo‘lib madhiyani uyimizda baralla kuylaganmiz”.

Abdulla Oripov Sovet davri haqida

Avvalgi mafkura, ayniqsa Stalin hayotligi davrida shoirlar shaxs sifatida o‘z yuragini ocholgan emas edi. Keyingi davrdagi muhit sharofati bilan bizning avlod shoirlari yurakdagi dardlarini asta-sekin ocha boshladilar, bu dardlar xalqning umumiy dardiga, xalqning pinhona kayfiyatiga bir qadar mos tushdi va o‘quvchilar necha o‘n yillardan buyon eshitilmagan ohanglarga quloq tuta boshladi. Asta-sekinlik bilan yolg‘onni yozishga umuman ehtiyoj qolmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligidan keyin ko‘pchiligimiz behudaga laylak haydab yurganimiz ma’lum bo‘lib qoldi.

Abdulla Oripovning she’riy to‘plamlari

1965 yilda shoirning “Mitti yulduz” nomli mo‘jazgina birinchi she’riy to‘plami nashr etiladi. Shundan so‘ng shoirning “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Onajon”, “Ruhim”, “O‘zbekiston”, “Xotirot”, “Yurtim jamoli”, “Yuzma-yuz”, “Hayrat”, “Najot qal’asi”, “Yillar armoni”, “Haj daftari”, “Ishonch ko‘priklari”, “Munojot”, “Saylanma”, “Dunyo”, “Shoir yuragi” kabi she’riy to‘plamlari nashr etiladi.
Shoirning she’riy to‘plamlari hamon katta adadlarda bosiladi. Uning nomini abadiylashtirish maqsadida “Adiblar xiyoboni”da, Qarshi shahrining markazida haykallari o‘rnatilgan. Abdulla Oripov nomi bilan u tug‘ilib o‘sgan viloyatning markazida ijod maktabi ochilgan.
© MalhamuzAbdulla Oripov
Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov mukofotlari

Shoir Abdulla Oripov 1998-yili O‘zbekiston Qahramoni unvoni, 1983-yili O‘zbekiston SSR Xalq shoiri, 1994-yil “Do‘stlik” ordeni, 1991-yil “Xalqlar do‘stligi” ordeni, 2015-yil Italiya Yulduzi ordeni bilan mukofotlangan.
1996 yil teatr san’ati rivoji, qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Qirg‘iziston Respublikasi faxriy yorlig‘i
1983 yili Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti, 1994-yili Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti, 2007 yil “WIPO Creativity Award” oltin medali bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0