O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Voronejda ishlashlari uchun shartnoma tuzildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin kunlar ichida Voronejda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi. Ishchilarning ish haqi 30 ming rubldan 50 ming rublgachadir

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyaning "Vinogradnaya loza" MChJ bilan mehnat migratsiyasiga oid bitim imzoladi, deb xabar qildi agentlik matbuot-xizmati.

Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migrantlarini avtobusda tashish bo‘yicha kompaniya tuzildi
"2018 yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi binosida Agentlik va Rossiyaning "Vinogradnaya loza" MChJ o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Bitimni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimov va "Vinogradnaya loza" MChJning vakolatli vakili M. Qamariddinova imzoladilar", — deyiladi xabarda.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimovning ta’kidlashicha, Agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiyaning qator mintaqalari bilan hamkorlik qilardi. Bugun Voronej viloyati bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ma’lumki, "Vinogradnaya loza" MChJ kadrlar agentligi bo‘lib, rekruting xizmatlari ko‘rsatish sohasida ham faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur jamiyat "Vibor" qurilish kompaniyasi va O‘zbekistonning mintaqadagi savdo uyi hisoblangan "Agrosoyuz" kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

"Vinogradnaya loza" MChJ vakilasi M.Qamariddinova ma’lumotiga ko‘ra, ishchilarga turar-joy, sug‘urta polisi havola etiladi, patent rasmiylashtiriladi va tushlik taom bilan ta’minlanadi. Ish beruvchining patentga to‘lagan xarajatlari ishchining bir necha oylik maoshidan ushlab qolinadi. Ishchilarning ish haqi 30ming rubldan 50 ming rublgachadir.

Yaqin kunlar ichida Voronejda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0