FVV xodimlari Andijondagi markaziy ko‘chada yugurib yurgan buqani tutishdi

© MChS UzbekistanaBik, kotorogo sotrudniki MChS Uzbekistana poymali na odnoy iz ulis g.Andijana
Bik, kotorogo sotrudniki MChS Uzbekistana poymali na odnoy iz ulis g.Andijana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor raqamiga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati navbatchilik qismidan Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirib buqa yugurib yurganligi xabar qilindi

TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Qutqaruvchilar  Andijon shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida yugurib yurgan buqani tutishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Xabarda bildirilishicha, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor raqamiga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati navbatchilik qismidan Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirib buqa yugurib yurganligi xabar qilindi va uni tutishda yordam so‘rab murojaat qilindi.

Yetib kelgan qutqaruvchilar arqonlar yordamida tuzoq tayyorlab buqani ushlashdi va egasiga qaytarishdi.

Voqea 8-mart kuni ro‘y berganligi va hech kim zarar ko‘rmaganligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0