Hodisalar

Toshkent militsiyasi xotirasini yoʻqotib qoʻygan rossiyalikka oilasini topishga yordam berdi

© GUVD g.TashkentaSotrudniki GUVD g. Tashkenta pomogayut poteryavshemu pamyat mujchine vernutsya domoy
Sotrudniki GUVD g. Tashkenta pomogayut poteryavshemu pamyat mujchine vernutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaga borish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan soʻng u Orenburg viloyatiga joʻnatiladi

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari xotirasini yoʻqotgan Rossiya fuqarosining oilasini topishga yordam berdi, deb xabar qildi SHIIBB matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqda Roza Faxretdinova ismli ayol 1977 yilda tugʻilgan Dmitriy Pitko haqida yozib, uning otasi Orenburg viloyatining Aleksandrovsk tumanida yashashini bildirgan.

Toshkent militsiyasi tezkor xodimlari Sergey Dmitriyevichni topishdi va unga oʻgʻli haqida maʼlum qilishdi. Pitko Dimani anchadan buyon qidirayotganini, hatto "Jdi menya" koʻrsatuviga murojaat qilganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, 90-yillar boshida Sergey Dmitriyevich turmush oʻrtogʻi Nina, oʻgʻli Dmitriy va qizi Katarina bilan Oʻzbekistondan Rossiyaga koʻchib ketishadi. Keyinchalik ular ajrashib ketishadi. Sergey Orenburgda qoladi, Nina esa Toshkentga qaytadi. Dmitriy 1994 yilda maktabni bitirib onasining yoniga qaytadi. Oʻshandan buyon u otasi bilan koʻrishmagan, Nina Pitko esa oʻsha yili vafot etgan.

© GUVD g.TashkentaSotrudniki GUVD g. Tashkenta s oriyentirovkoy
Sotrudniki GUVD g. Tashkenta s oriyentirovkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Sotrudniki GUVD g. Tashkenta s oriyentirovkoy

Toshkent SHIIBB xodimlari Dmitriy Pitkoni toʻrt kunda topishdi, chunki ijtimoiy tarmoqdagi postda aytilgan "aeroport atrofi" kattagina hududni egallaydi. Avtomobillarni yuvish shaxobchasidagilardan biri Dmitriyga oʻxshagan shaxsni yoʻl chetidagi qahvaxona oldida koʻrganini aytdi. Qahvaxona egasi Eduard Chulyakov va uning turmush oʻrtogʻi Lada Dmitriyni darrov tanishdi.

Ularning aytishlaricha, mart oyi boshida uning xotirasi qisman tiklangan, u qogʻozga otasi haqidagi maʼlumotlar va Rossiyadagi manzilgohini yozib bergan. Keyinroq aniqlanishicha, bu maʼlumotlar qisman toʻgʻri boʻlib chiqdi. Qahvaxonada ishlovchi Yuliya Nikisheva maʼlumotlarni "Jdi menya" dasturining ijtimoiy tarmoqdagi guruhiga joylagan. Roza Faxretdinova shu asosda oʻz postini yozgan. Qahvaxona egalari va xodimlari ancha yillardan beri Dmitriyning qornini toʻqlab, ustini butlab kelishgan.

Rossiyaga borish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan soʻng u Orenburg viloyatiga otasining oldiga joʻnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala