Migratsiya

Birinchi oʻrinda: oʻzbekistonliklar Rossiyadan uylariga qancha pul joʻnatishdi

© ANDREAS SOLARO / AFPOchered u bankomata
Ochered u bankomata - Sputnik Oʻzbekiston
MDH mamlakatlari ichida pul oʻtkazmalari boʻyicha ikkinchi oʻringa Tojikiston joylashgan

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari 2017 yilda Rossiyadan pul joʻnatish boʻyicha birinchi oʻrinni egallashdi, ular oʻtgan yili vatanlariga 3 milliard 902 million dollar joʻnatishgan.

Uborka snega v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Moskvada koʻcha supuruvchilar necha pul maosh olishi maʼlum boʻldi

Mazkur raqamlar Rossiya Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan statistikada keltirilgan.

MDH mamlakatlari ichida pul oʻtkazmalari boʻyicha ikkinchi oʻringa Tojikiston joylashgan – 2017 yilda 2 milliard 536 million dollar. Undan keyingi oʻrinlarda Qirgʻiziston — 2,211 milliard dollar va Armaniston — 1 milliard 65 million dollar bilan bormoqda.

Oxirgi oʻrinda Turkmaniston joylashgan — 2 million dollar.

Oʻtgan yil oxirlarida oʻzbekistonliklarda vatanlariga pul joʻnatishning yana bir yoʻli paydo boʻldi. Naqd rublni UzCard kartasiga oʻtkazish mumkin, soʻngra kartadagi pul AQSH dollariga konvertatsiya qilinadi. Pul oʻtkazmasini naqd shaklda yechib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala