"Damas"lar o‘rniga "Pejo"lar yo‘lovchi tashiydi

© Sputnik / Anton KurilkinAvtomobil "Damas"
Avtomobil Damas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi yiliga 16 mingga yaqin Peugeot Boxer va Peugeot Expert mikroavtobuslari ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi yil oxiriga qadar Peugeot Boxer va Peugeot Expert modellarini ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Vistavka Citroen Creative Tour v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

Rejaga ko‘ra, Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive qo‘shma korxonasida ishlab chiqarish 2018-yilning dekabr oyidan boshlanadi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Boxer modeli 10-12ta modifikatsiyada yiliga 3000 ta avtomobil ishlab chiqariladi.  Expert  esa — 7 ta modifikatsiyada yiliga 13 mingta ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari Shoolim Shovaxobov aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda 35 mingga yaqin “Damas” avtomobillari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

“Haqiqatdan ham, “Damas”lar  Toshkentda yo‘q bo‘lsada, shahar yaqinidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yil oxirida Jizzaxda 11 va 17 o‘rinli mikroavtobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi  va ushbu texnika sekin-asta “Damas”larni almashtiradi”, — dedi Shovaxobov.

Shovaxobov aytishiga qaraganda, yo‘lovchi tashuvchilar yangi mikroavtobuslarni kutmoqda. Agentlikning ham ularni sotib olish bo‘yicha rejalari bor.

Yangiliklar lentasi
0