Jamiyat

Granatani tushirib yuborgan askarni zobit qutqarib qoldi

© Sputnik / Kirill Kuxmar / Fotobankka oʻtishVsearmeyskiy konkurs "Otlichniki voyskovoy razvedki" v Novosibirske
Vsearmeyskiy konkurs Otlichniki voyskovoy razvedki v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyadagi harbiy poligonlardan birida zobit askarni oʻz tanasi bilan himoya qilib, qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda 20 mart kuni noxush voqea sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan  yosh askar oʻquv-mashgʻulot vaqtida halqasi chiqarib olingan jangovar granatani qoʻlidan tushirib yuboradi va nima qilishini bilmay qoladi.

"Zobit gangib qolgan askarni itarib yuborib va uni oʻz tanasi bilan himoya qiladi. Granata portlashi oqibatida zobit ogʻir yarador boʻladi."

Askarga hech narsa qilmaydi. Shifokorlar zobitning hayotini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashishlariga qaramasdan uning hayotini saqlab qolishni iloji boʻlmadi. Koʻrsatgan qahramonligi uchun harbiy ofitser davlat mukofotiga tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala