Analitika

Jangchi itlar. AQSH qaysi prezidentlar davrida koʻproq urush qilgan

Ikki asr davomida AQSH bir yuz ellikdan ortiq marotaba urush olib borgan. Ularning aksariyatini aynan Qoʻshma Shtatlar boshlab berishgan. Bugungi kunda amerikaliklar bir yoʻla yetti mamlakatda jangovar harakatlarni olib borishmoqda - bular Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Liviya va Niger Respublikasidir

Vladimir Ardayev, RIA Novosti tahlilchisi

AQShda ellikka yaqin federal partiyalar boʻlgani bilan, mana bir yarim asrdan ortiq vaqt oʻtibdiki mamlakat siyosatini ikkita yirik — Respublikachilar va Demokratlar partiyasi belgilab keladi. Respublikachilar agressiv qattiqqoʻllik, militarizm va muzokarasizlikni ifodalasalar, demokratlar "yumshoq kuch"ligi va diplomatiyasi bilan ulardan ajralib turadi.

RIA Novosti 20 asrdan boshlab AQShda qaysi prezidentlar davrida koʻproq urush boʻlganligini hisoblab chiqdi, va, demokratlarning "tinchlikparvarligi" — tarixiy va siyosiy afsonaligini aniqladi.

Har qanday qurbonlikka tayyor

XX va XXI asrda AQSH bir yuz ellikdan ortiq marotaba jang qilgan. Koʻplab urushlar aynan Qoʻshma Shtatlar tufayli boshlangan. Bugungi kunda amerikaliklar bir yoʻla yetti mamlakatda jangovar harakatlarni olib borishmoqda — Afgʻonistonda, Iroqda, Suriyada, Yamanda, Somalida, Liviyada va Niger Respublikasida.

AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xillari siyosatdan pullarni yoʻqotishga va AQSH dushmanlarini yakson qilishga soʻz berdi

Partiyalar tomonidan nazorat qilinadigan OAVlarda va siyosatda respublikachilar — "qirgʻiy"lardir, yaʼni ular kuch harakatlari tarafdori va tashqi tahdidlarga nisbatan oʻzining qatʼiy pozitsiyasiga ega. Misol uchun, amerika manfaatlarini himoya qilishda qatʼiyatli boʻlishga mudom chorlab keladigan senator Jon Makkeynni olaylik. Makkeyn oldida AQShning harbiy operatsiyalariga qarshi chiqadigan, barcha mojarolarni diplomatik yoʻl bilan, muzokaralar, "yoʻl xaritalari"ni yaratish orqali va hokazo usullar bilan hal qilish tarafdori boʻlgan demokratlar — "musicha"ning oʻzginasi.

Ammo bu faqatgina gapda.

"Demokratlar butun dunyoni baxtli qilishni istaydi va buning uchun har qanday qurbonlikka borishga tayyor, respublikachilar esa butun dunyo evaziga AQShni baxtli qilishga intilishadi", — deb tushuntirdi RIA Novostiga IMEMO xalqaro xavfsizlik markazi rahbari Aleksey Arbatov. Shu bilan birga, bu qurbonliklar nafaqat Amerikaniki, balki aksariyat holatlarda "baxt ulashilish"dek "omad kulib boqqan" mamlakatlarnikidir.

Kim koʻp urushgan?

Soʻnggi 118 yilda Qoʻshma Shtatlarda 20ta prezident saylangan — 12 respublikachilar va 8 demokratlar. AQSH tomonidan yuzaga keltirilgan yoki amerika tomon ishtiroki bilan oʻtgan 55 ta urushlar, qurollangan mojarolar va harbiy operatsiyalardan 33 tasi respublikachi-prezidentlar vaqtida boshlangan, 23 tasi demokrat-prezidentlar rahbarligida.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp prezident boʻlsa boshqa davlatlarda demokratiya oʻrnatmaslikka vaʼda berdi

Shu tariqa, bir nafar respublikachi prezidentga — 2,75ta urush, bir nafar demokrat-prezidentga — 2,88ta urush toʻgʻri kelmoqda.

Respublikachilar partiyasidan saylangan 12 nafar davlat rahbarlarining 3 nafari birorta ham qurollangan mojaroni boshlashmagan va birorta harbiy operatsiyani oʻtkazishmagan. Bular Amerikani 1921 yildan 1923 yilgacha boshqargan Uorren Garding, Gerbert Guver (1929-1933) va Jerald Ford (1974-1977). Qolgan sakkiz nafar demokrat-prezidentlar u yoki bu tarzda boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuchni qoʻllaganlar.

1901 yildan 1909 yilga qadar prezident lavozimida oʻtirgan Respublikachi Teodor Ruzvelt beshta harbiy operatsiyani tashkillashtirgan — Gondurasdagi fuqarolar urushiga aralashuv, Dominikan respublikasi va Kubaga nisbatan harbiy yoʻl bilan bostirib kirish, Gonduras va Nikaragua oʻrtasidagi urushga aralashuv, va nihoyat, 1925 yilgacha davom etgan Nikaragua okkupatsiyasi.

Oq uyni sakkiz yil davomida — 1913 yildan 1921 yilgacha — egallagan demokrat Vudro Vilson esa sakkizta urushni tashkillashtirgan. Bular Meksikaning ichki siyosatiga aralashuv va keyinchalik ushbu mamlakatga nisbatan amalga oshirilgan jazolash ekspeditsiyasi, Gaiti va Dominikan respublikasi okkupatsiyasi, Kubaga zoʻravonlik bilan bostirib kirishdir. Bu Birinchi jahon urushi va fuqarolar urushi iskanjasida qolgan Rossiyaga harbiy yoʻl bilan bostirib kirishni hisobga olmaganda.

Kim koʻproq: respublikachilarmi yo demokratlar

Gap faqatgina statistikada emas. Aksariyat vaqtlarda, aynan demokratlar davrida Vashington eng uzoq davom etgan va qonli qurolli mojarolarga kirishgan.

Barak Obama va Raul Kastro - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Raul Kastro Barak Obamaning "akalik" qilishiga yoʻl qoʻymadi
1970 yilda Kambodjada davlat toʻntarishi yuz bergan va birinchi bor umumxalq tomonidan saylangan prezident Lon Nol rahbarligidagi yangi hukumat mamlakatdan kommunistlarni chiqarib yuborishga harakat qilgan. Safdoshlariga yordamga Shimoliy Vyetnam kelgan. Lon Nolni qoʻllab-quvvatlash uchun AQSH va Janubiy Vyetnam Kambodjaga qoʻshinlarni kiritishadi. Ammo "vyetnam sindromini" booshdan kechirgan Qoʻshma Shtatlar shu qadar keskin antiharbiy chiqishlar ummonida qoladiki, oqibatda, ikki oydan soʻng amerikaliklar Kambodjani tark etishga majbur boʻladilar.

Oʻsha vaqtda prezident vazifasini respublikachi Richard Nikson (1969-1974) bajargan boʻlib, aynan u Vyetnamdagi urushni yakunlagan edi.

Vyetnamdagi urushni AQSH 1964 yilda boshlagan. Oʻshanda mamlakat demokrat Lindon Jonson (1963-1969) boshqaruvida boʻlgan. Bundan tashqari, amerikaliklar Laosga bostirib kirishgan (bu yerda 1973 yilgacha qolishadi), chegara oldi hududlarni bombardimon qilish orqali vyetnam urushiga Kambodjani ham tortishadi va navbatdagi bor Dominikan respublikasini okkupatsiya qilishadi.

Vyetnam urushi oldidan AQShliklar 1950 yilda demokrat Garri Trumen tomonidan boshlangan Koreya urushida ishtirok etishgan. Aytish joizki, oʻshanda amerikaliklar Koreya yarimoroliga BMT Xavfsizlik kengashi qarori bilan kirishgan, lekin ushbu qaror tashabbuskori aynan AQSH edi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan eng xavfli va keng koʻlamli harbiy-siyosiy inqirozlardan biri — Karib inqirozidan ilgari 1961 yilda Choʻchqalar boʻgʻozida magʻlubiyatga yuz tutgan operatsiya oʻtkazilgan.

Oʻshanda amerikaliklar kubalik "kontr inqilobchilar" bilan birga Kubaga kirib, Fidel Kastro rejimini agʻdarmoqqa urinishgan.

AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Xillari Klinton: Rossiya “Yevropa xaritasini boshqatdan chizmoqchi”

Operatsiyaga tayyorlanish davomida yoʻl qoʻyilgan harbiy va siyosiy xatoliklar harbiy bosqinchilik yoʻli bilan kirganlarning tor-mor boʻlishiga hamda dunyo hamjamiyati nigohida AQShning qoralanishiga sabab boʻldi. Oʻshanda operatsiyani boshlash buyrugʻi demokrat Jon Kennedi (1961-1963) tomonidan berilgan. Oradan bir yil oʻtib, 1962-yilda, Qoʻshma Shtatlar uning buyrugʻi bilan Kubaga total harbiy blokada kiritiadi va bu dunyo hamjamiyatini yadro urushi xavfi ostida qoldirgan Karib inqirozini keltirib chiqardi.

Demokrat Bill Klinton davrida Yugoslaviya bombardimon qilindi. Barak Obama tomonidan Liviyada boshlangan urush hanuzgacha davom etmoqda.

Oʻz navbatida, respublikachilardan boʻlgan katta va kichik Jorj Bushlar — Iroq va Somalidagi uzoq davom etuvchi urushlar uchun masʼuldirlar.

Omadsizliklar kimni taʼqib qilmoqda

Demokrat-prezidentlar qurollangan harbiy mojarolar soni boʻyicha emas, balki omadsizlikka yuz tutgan, katta shov-shular va jiddiy oqibatlarga olib kelgan harbiy mojarolar soni boʻyicha ham yetakchilik qiladi.

Amerika harbiylari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Dunyo politsiyachisi" boʻlmish AQSH oʻz tartib-qoidalarini oʻrnata boshlasa nima boʻlishi oydinlashdi
Bu faqatgina Choʻchqalar boʻgʻozidagi magʻlubiyat emas, balki shov-shuvli muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan "Burgut tirnogʻi" operatsiyasi ham. Inqiloblar iskanjasida qolgan Eron hukumatining qoʻllab-quvvatlashi bilan radikal talabalar guruhlari tomonidan Tehrondagi AQSH elchixonasidan garovga olingan 53 nafar amerikalikni kuch bilan ozod qilishga qaratilgan operatsiya samara bermagan edi.

Oʻshanda, 1980 yilning aprelida amerika spetsnazi sakkizta vertoletda Eron poytaxtiga harchand urinmasin, yetib bora olmagandi. Avianosets palubasidan uchgan mashinadan biri havoga koʻtarilishi bilan dengizga qulagan, ikkinchisi adashib qolgan, uchinchisi zapravkachi-samoletga borib urilgan va ikki ekipaji ham halok boʻlgan edi.

Oxir-oqibat spetsnaz qoʻshinlari vertolyotlar va oʻz safdoshlari tanalarini tashlab, Erondan evakuatsiya qilishga majbur boʻlgan. Operatsiyaning omadsiz kechishi AQShda siyosiy inqirozga olib keldi: operatsiyaga qarshi boʻlgan vitse-prezident Sayrus Vens isteʼfo berdi. Mamlakat oʻsha davrda demokrat-prezident Jimmi Karter (1977-1981) boshqaruvida boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala