Sobiq prokuror yordamchisi Mirzayev va uning oilasidan jabr koʻrganlar qidirilmoqda

© Nuz.uzSegodnya rabotniki prokuraturы vpervыe otmechayut svoy prazdnik
Segodnya rabotniki prokuraturы vpervыe otmechayut svoy prazdnik - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar prokurorining sobiq yordamchisi Mirzayevdan jabr koʻrganlar Respublika Bosh prokuraturasiga murojaat qilishlari soʻralmoqda

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari M.A.Mirzayevdan jabr koʻrgan fuqarolarni qidirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokuratura Toshkent viloyatining ikki sobiq prokurori ushlanganini maʼlum qildi
"Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan oʻtkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari M.A.Mirzayev, uning turmush oʻrtogʻi M.X.Mirzayeva, oʻgʻli A.M.Mirzayev ishtirokida juda koʻp miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, agar Siz koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan pora olish, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoki boshqa jinoiy qilmishlar oqibatida jabrlanuvchi yoki guvoh boʻlgan boʻlsangiz, Bosh prokuraturaga ariza bilan murojaat qilishingiz yoki 233-63-33, 236-00-76 telefon raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin", — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, sal avval  Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev va uning oila aʼzolari ushlanganligi toʻgʻrisida xabar tarqatilgan edi va shundan soʻng Bosh prokuratura Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev va uning oila aʼzolari ushlanganligiga raddiya bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala