Jamiyat

Toshkent – Termiz yoʻnalishida elektropoyezdlar qatnay boshladi

Elektropoyezdlar qatnovi seshanbadan boshqa haftaning har kuni amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Navroʻz bayrami arafasida Oʻzbekiston temir yoʻllari “Toshkent – Termiz” yoʻnalishida elektropoyezd qatnovini yoʻlga qoʻydi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Yoʻlovchi va sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 20 martdan boshlab “Toshkent – Qarshi” yoʻnalishida harakatlanayotgan 4/3 sonli elektropoyezd “Toshkent – Qarshi – Termiz” yoʻnalishida qatnay boshlaydi”, — deyilgan xabarda.

“Toshkent – Termiz – Toshkent ” elektropoyezdlar qatnovi seshanbadan boshqa haftaning har kuni qoʻyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:

  • 4-sonli poyezd, Toshkent – Termiz, 08:50 – 20:16;
  • 3-sonli poyezd, Termiz – Toshkent, 06:50 – 18:44;  

Eslatib oʻtamiz, 21 mart kuni  Oʻzbekiston Temir yoʻllari uzunligi 355 km boʻlgan “Buxoro – Miskin” temir yoʻli qurib bitkazilgani haqida xabar bergan edi.  Yangi elektrlashtirilgan temir yoʻl Urganch, Nukus, Qoʻngʻirot va boshlqa yoʻnalishlarda poyezdlar bosib oʻtayotgan yoʻlni 100 kilometrga  yaqin qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala