AQSh davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Obuna bo‘lish
U 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegatsiyasiga boshchilik qiladi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon 25-27 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi hamda prezident Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan olib borilayotgan islohotlar jarayonini muhokama qiladi, deyiladi AQSh davlat departamenti matbuot xizmati xabarida.

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida Yevrokomissiya vitse-prezidenti qatnashadi

Bundan tashqari, u 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegatsiyasiga boshchilik qiladi

O‘zbekiston TIVning ma’lumot berishicha, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham anjumanda ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0