Mongoliyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli "Do‘stlik" medali bilan taqdirlandi

© IA MontsamePochetniy konsul Mongolii v Uzbekistane Abdugafur Raximov nagrajden medalyu
Pochetniy konsul Mongolii v Uzbekistane Abdugafur Raximov nagrajden medalyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdug‘afur Rahimov 2006-yildan buyon konsulxonaga rahbarlik qiladi. U Mongoliya va O‘zbekistonning biznes, sport va san’at sohasidagi vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishda muhim rolni bajargan

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Mongoliya prezidenti farmoni bilan Mongoliyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Abdug‘afur Rahimov mongol-o‘zbek munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun "Do‘stlik" medali bilan mukofotlandi. Bu haqda Mongoliyaning Montsame axborot agentligi xabar berdi.

Mongoliyaning yangi saylangan prezidenti Xaltmaagiyn Battulga - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Mongoliyaning yangi saylangan prezidentiga tabrik maktubini yo‘lladi

Medalni konsulga Mongoliya prezidenti shtabi boshlig‘i Z. Enxbold topshirdi.

Xabarda aytilishicha, Abdug‘afur Rahimov 2006-yildan buyon konsulxonaga rahbarlik qiladi. U Mongoliya va O‘zbekistonning biznes, sport va san’at sohasidagi vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishda muhim rolni bajargan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda "O‘zagroeksport" kompaniyasi Mongoliyadagi yirik importorlar bilan sarxil meva va sabzavotlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Yangiliklar lentasi
0